Xondrogenez
Xondrogenez – tog’ay to’qimalarining hosil bo’lish jarayoni.

Xondrogenez – tog’ay to’qimalarining hosil bo’lish jarayoni.
Xondriom – mitoxondriya DNKsi genlarining majmui.
Xonakilashtirish – estetik ko’ngil ochish yoki inson uchun foydali mahsulot olish maqsadida yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgatish va ularni ko ‘paytirish.
Xolinesterazalar – хоliп efirlarining gidrolitik уо’l bilan parchalanish reaksiyalarini katalizlovchi fermentlаr. Odam va hayvon to’qimalarida ko’p.
Xolin – barcha tirik organizm hujayralarida uchraydigan vitaminga o’xshash modda. Fosfolopidlar, atsetilxolin tarkibiga kiradi.
Xolesterin – sterinlar guruhiga mansub yarim halqali spirt. Barcha tirik organizmlarda uchraydi. Ayniqsa, asab hujayralari, sperma уа eritrositlarda ko’p.
Xlorella – xlorokokksimon mikroskopik suvo’tlar turkumi. Tarkibida oqsil moddasi ko’p. Tez уа osonlik bilan ko’payadi. Chorvachilikda qo’shimcha ozuqa sifatida foydalanish mumkin.
Xlamidospora – Qattiq qobiqli spora, xlamidospora – ba’zi zamburug’larning qalin qobiqli sporasi; jinssiz ko’payish davrida vujudga keladi.
Xlamidomonada – volvokssimon o’simliklar turkumi. Ko’pincha ifloslangan chuchuk suvlarda keng tarqalgan. Ulardan suvni zararli organik birikmalardan tozalovchi inshootlarda foydalaniladi.
Xivchinlilar – eng sodda hayvonlаr turiga mansub bir hujayrali organizmlar sinfi. Xivchinlari yordamida harakatlanadi. Oziqlanish usuliga ko’ra o’simliklar yoki hayvonlarga kiritiladi.