Xivchinlar
Xivchinlar, kiprikchalar – spermatozoid, zoospora, qator sodda hayvonlаг уа bakteriyalarning harakat a’zosi.

Xivchinlar, kiprikchalar – spermatozoid, zoospora, qator sodda hayvonlаг уа bakteriyalarning harakat a’zosi.
Xitin – organizm qobig’iga qattiqIik beruvchi modda. Bo’g’imoyoqlilar уа boshqa umurtqasiz hayvonlar tashqi skeletining asosiy qismini tashkil qiladi. Zamburug’ уа bakteriyalar hujayra devorining tarkibiga kiradi.
Xinin – xin daraxtidan yoki sun’iy olinadigan alkoloid. Bezgak kasaliga qarshi ishlatiladi.
Xin daraxti, sinxona – ro’yandoshlarga mansub o’simliklar. Barglarining cheti tekis, po’stlog’i alkoloidlar (mаsalan, xinin)ga juda bоу.
Ximotripsin – ozuqa tarkibidagi oqsillarning parchalanish reaksiyalarini katalizlovchi gidrolitik ferment. Oshqozon osti bezlari ishlab chiqaradi.
Ximioterapiya, kimyoviy davolash, xemoterapiya – kasallik qo’zg’atuvchilarga qarshi kimyoviy preparatlаг qo’llab, bemorni davolash.
Ximera o’simliklar – irsiy sifatdan farq qiluvchi qismlar, gistologik qatlamlar yoki hujayralarni ulashdan hosil bo’ladigan o’simliklar. Masalan, har xil o’simliklarni payvandlash.
Ximera DNK – gen muhandisligi usullari yordamida har xil tabiiy DNK qismlaridan tuzilgan sun’iy molekula.
Xemotropizm – o’simlik o’suvchi a’zolarining kimyoviy moddalar ta’sirida yo’nalishini o’zgartirishi.
Ximera – har xil organizm hujayrasi, to’qimasi, a’zosi yoki tana qismlarini qo’shishdan hosil bo’ladigan mavjudotlar.