Nahr
Nahr (arabcha, ko`pligi avhor) – ariq, kanal. Joy nomlari tarkibida uchraydi. Masalan, Toshkentdagi Anhor, Farg`ona viloyatidagi Ulug`nor (Ulug`nahr) kanallari.
Nahr (arabcha, ko`pligi avhor) – ariq, kanal. Joy nomlari tarkibida uchraydi. Masalan, Toshkentdagi Anhor, Farg`ona viloyatidagi Ulug`nor (Ulug`nahr) kanallari.
Natsionalizatsiya – ishlab chiqarish vositalari: yer, fabrika, zavod, banklar, transport vositalari va boshqalarning xususiy mulkdan davlat mulkiga aylantirilishi.
Natursotsiologiya, geodemologiya, noologiya – kishilik jamiyati bilan geografik muhit o`rtasidagi aloqalarni tadqiq qiluvchi fanning turli olimlar tomonidan tavsiya etilgan nomlari. Natursotsiologiyaning asosiy maqsadi bu aloqalarning oqilona yo`llarini topish, ulardan to`g`ri … Read More
Nam o`rmonlar – yiliga 2000-7000 mm yog`in tushadigan yerlarda o`sadigan o`rmonlar.
Nefteprovod, neft quvuri – neft va neft mahsulotlari yuboriladigan inshootlar (yer osti va suv osti quvurlari, nasos stansiyalari, neft saqlanadigan joylar, har xil surilmalar). Nefteprovod orqali neft yuborish transportning boshqa … Read More
Nazariy geografiya – geografiyaning yo`nalishlaridan biri. U barcha geografik fanlar natijalari va xulosalarini umumlashtirish, barcha geografik fanlar uchun umumiy bo`lgan qonuniyatlarini aniqlash, umuman, bir butun geografiyaning asosiy nazariy masalalarini bayon … Read More
Nasos stantsiyasi – suvni yuqoriga ko`tarib berish uchun mo`ljallangan qurulma.
Momaqaldiroq– havoda chaqmoq paytda ro`y beradigan guldirash hodisasi. Momaqaldiroq chaqmoq chaqqanda havoning juda tez isib, kengayishidan, ya’ni portlash to`lqinida ro`y beradi.
Mis rudalari – misning sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan minerallari. Tarkibida 1% dan 2% gacha va undan ortiq mis bo`lgan rudalardan mis olinadi. Dunyoda ishlab chiqariladigan misning 90% i sulfidli rudalardan … Read More
Materik muzligi – qutbiy o`lkalarda ba’zi orollarni (Grenlandiya, Baffin Yeri) va Antarktida materigini yoppasiga qoplab yotgan muzliklar. Materik muzligi plastik bo`lib, balandroq joylardan atrofga tomon sekin siljib borib, okeanga surilib … Read More