Qum tili, qumtil
Qum tili, qumtil – bir uchi dengiz yoki ko`l qirg`og`iga tutashgan va qum, shag`al, chig`anoqdan tuzilgan kambar quruqlik. To`lqin olib kelgan oqiziqlardan paydo bo`ladi. Qum tili – suv oqizib keltirgan … Read More
Qum tili, qumtil – bir uchi dengiz yoki ko`l qirg`og`iga tutashgan va qum, shag`al, chig`anoqdan tuzilgan kambar quruqlik. To`lqin olib kelgan oqiziqlardan paydo bo`ladi. Qum tili – suv oqizib keltirgan … Read More
Qavs – 1) zodiak zonasidagi yulduzlar turkumi; 2) Shamsiya (quyosh) hisobidagi yilning to`qqizinchi oyi, 22-noyabrdan 21-dekabrgacha davom etadi. Bu vaqtda Quyosh osmon sferasida Qavs yulduzlar turkumidan o`tadi.
Rud (tojikcha rud) – suv, daryo, ariq, kanal. Joy nomlari tarkibida ko`p uchraydi: Shoxrud, Harirud va h.k.
Rub’i maskun (arabcha-obod chorak)- Yer sharidagi quruqlikning kishilar yashaydigan obod qismi.
Rosh- ekinlarni juyaksiz sug`organda pollarni bir-biridan ajratish uchun yasalgan marza, ko`tarma. Buxoro viloyati G`ijduvon, Shofrikon, Vobkent tumanlarida ko`p qo`llaniladi. Rosh bellik, chel deb ham ataladi.
Rizosfera– o`simlik ildizlariga bevosita tegib turadigan tuproq qatlami. Mikroorganizmlarga boy qatlam.
Riolit– lavaning ikkinchi nomi.
Reeksport (re – qaytadan) – mamlakatga oldin keltirilgan xom ashyo, tovarlarning boshqa mamlakatlarga sotish uchun shu mamlakatdan chiqarilishi.
Respublika (lotincha respublika – jamoat ishi) – oliy davlat hokimiyati muayyan muddatga saylanadigan saylov organi qo`lida bo`lgan idora usuli.