Suspenziya
Suspenziya – muallaq zarrachalar.

Suspenziya – muallaq zarrachalar.
Senoz – Uyushma, qavm – оrganizmning ma’lum sharoitdagi har qanday uyushmasi. Masalan, zootsenoz, fitotsenoz.
Senogenez – organizm embryonal rivojlanish yoki quгt davridagi o’ziga xos sharoitlarga moslashishi. Вu хususiyat katta yoshdagi individlarda saqlanmaydi. Atamani fanga L.N.Seversov kiritgan (1912).
Senobioz – organizmlarning guгuh (uyushma)larda birgalikda hayot kechirishi.
Selom, bo’shliq, tananing ikkilamchi bo’shlig’i – ko’p hujayrali hayvonlarning ichki a’zolari bilan tana devori o’rtasidagi bo’shliq. Asosan tayanch vazifasini bajaradi.
Selluloza – glukoza qoldiqlaridan tashkil topgan uglevod. O’simlik hujayrasining qobig’i asosan sellulozadan tashkil topgan.
Sekretlar (o’simliklarda), ajratilgan moddalar – o’simlikdagi ajratuvchi hujayralar tomonidan ishlab chiqariladigan va o’simlik tanasida qoladigan suyuqlik – shiralar.
Sekretor hujayralar, ajratuvchi hujayralar – har xil suyuqlik va efir moddalar ishlab chiqaruvchi bezlarning hujayralari.
Sekretsiya, shira ajratish – hujayralar, asosan, bez hujayralarining moddalar ajratib chiqarish jarayoni.