Tog`lar
Tog`lar – yer po`stining yakka-yakka yoki qator tizmalar shaklida ko`tarilgan joylari. Burmali, palaxsali, palaxsali-burmali bo`lishi mumkin. Tog`lar turli xil balandlikda bo`ladi.
Tog`lar – yer po`stining yakka-yakka yoki qator tizmalar shaklida ko`tarilgan joylari. Burmali, palaxsali, palaxsali-burmali bo`lishi mumkin. Tog`lar turli xil balandlikda bo`ladi.
Toshqin– daryolarning o`zandan chiqib, atrofdagi tekisliklarni bosib ketishi. O`zbekiston daryolarida toshqin ko`p yomg`ir yog`adigan va past tog`lardagi qorlar eriydigan bahorda va baland tog`lardagi muz hamda qor eriydigan yozda kuzatiladi.
Tornado– AQShning janubi-sharqida, Meksika qo`ltig`i yaqinida ko`tariladigan kuchli quyun.
Tonna-kilometr – 1 t yukning 1 km masofaga olib borilishi. Tonna-kilometr transport ishining o`lchov birligi.
Tomoq – daryolarning quyar joyi, dara o`g`zi, dengizlarning tog` qismi.
Tomirjins – yer po`stidagi yoriqlarni to`ldirgan mineral jismlar. Ular chuqur magmatik manbalardan chiqqan moddalar bo`ladi. Tomirlarda ko`pincha rangdor, qora, nodir metall rudalari uchraydi.
Tolali o`simliklar – to`qimachilik sanoati uchun tolalar beradigan ekinlar: paxta, uzun tolali zig`ir, jut, kanop, kanoplya va b.
Tinch okean burmalanishi – mezozoy erasida Tinch okean atroflarida ro`y bergan burmalanish (Sharqiy Osiyodagi tog`lar, Kordilyera, And tog`lari).
Terskay – tog` va tizma tog`larning, jar, vodiylarning quyoshga teskari, shimolga qaragan, soya yonbag`ri, Quyosh nuri kam tushadigan joy. Geografik nomlar tarkibida ham uchraydi: Terskay Olatov.