Teokratik monarxiya
Teokratik monarxiya (yunoncha teos – xudo, kratos – hokimimiyat) – butun hokimiyat ruhoniylar, cherkov qo`lida bo`lgan davlat formasi.
Teokratik monarxiya (yunoncha teos – xudo, kratos – hokimimiyat) – butun hokimiyat ruhoniylar, cherkov qo`lida bo`lgan davlat formasi.
Temir yo`l paromi – temir yo`l poyezdlarni dengizlar, qo`ltiqlar orqali o`tkazib qo`yish uchun xizmat qiladigan kema. Masalan, Kaspiy dengizida Krasnovodsk-Boku paromi ishlab turipdi.
Tepa, tepalik – usti gumbaz shaklidagi, yonbag`irlari qiya do`ng, baland joy. Nisbiy balandligi 200 m dan oshmaydi. Joy nomlari tarkibida ham uchraydi: Oqtepa, Qo`shtepa, Beltepa va boshqalar.
Tektonika, geotektonika (yunoncha tektonikos – binokorlikka oid)-geologiyaning bir tarmog`i bo`lib, yer po`stining tuzilishini, uning tektonik harakatlar va deformatsiyalar ta’sirida o`zgarishini o`rganadi.
Tekislik– yer yuzasi yassi yoki bir oz o`r-qir bo`lgan katta maydon.
Teraya – botqoqlashgan changalzorlar.
Taroq– tog`larning qator o`tkir cho`qqilari bo`lgan qirrasi, muzlikdagi yoriq.
To`zima qum – o`simlik bilan qoplanmagan, shamolda to`zib, bir joydan ikkinchi joy ga ko`chib yuradigan qum. To`zima qum barxanlar, qum dalalarini hosil qiladi. To`zima qum cho`l o`lkalarda turli xil qurilishlarga, … Read More