Radiolariyalar
Radiolariyalar, nurlanuvchilar – sarkodalilar sinfiga mansub soda hayvonlarning kenja sinfi. Asosan iliq iqlimli dengizlarda tarqalgan plankton organizmlar.

Radiolariyalar, nurlanuvchilar – sarkodalilar sinfiga mansub soda hayvonlarning kenja sinfi. Asosan iliq iqlimli dengizlarda tarqalgan plankton organizmlar.
Radioaktivlik, nur tarqatish – bir element beqaror izotopining boshqa element izotipiga o’z-o’zidan yemirilish уо’li bilan aylanishi. Bunda tirik organizmlarga salbiy ta’sir qiluvchi nur ajraladi.
Radio … – nurlanish yoki radiotexnikaga aloqadorlikni anglatuvchi murakkab so’zlarning tarkibiy qismi.
Radiatsiya muvozanati – atmosferada radiatsiya nurlanishi уа yutilishining yig’indisi.
Radiatsion genetika – genetikaning nurlanishni irsiyatga ta’siri, ya’ni nurlangan organizmlarda irsiy o’zgarish (mutatsiyalar)ning paydo bo’lishini o’rganuvchi bo’limi. G’o’zaga radiatsiya ta’sir ettirilib, bir qator yangi navlar olishga muvaffaq bo’lindi.
Replikatsiya – DNK molekulasining o’zidan nusxa olishi. Bunda ota-оnа DNK sining nukleotidlar ketma-ketligida ifodalangan informatsiyasi yuqori aniqlik bilan bola DNK larga beriladi.
Repellentlar – hayvonlarni hurkitib, o’zidan qochiradigan pestitsidlar guruhiga mansub tabiiy уа sun’iy moddalar.
Reparatsiya, о’z holiga qaytish – mutagenlar ta’siridan yoki tabiiy buzilgan DNK birlamchi tuzilishining o’z-o’zidan qayta tiklanishi.
Reoviruslar, qobiqli viruslar – tarkibida RNKsi bоr dumaloq shaklli viruslar oilasi. Oqsil qobig’i ko’p qirrali bir yoki ikki qavatdan iborat.
Reofil organizmlar – Oqar suv sevuvchi organizmlar – oqar suv havzalarida yashashga moslashgan organizmlar.