Qo’sh spiral
Qo’sh spiral – ikki polinukleotid zanjirdan tashkil topgan DNK molekulasi. Zanjirlar bitta umumiy o’qqa ega уа qarama-qarshi tomonga yo’nalgan. Qo’sh spiralni D. Uotson уа F.Krik kashf etgan (1953).

Qo’sh spiral – ikki polinukleotid zanjirdan tashkil topgan DNK molekulasi. Zanjirlar bitta umumiy o’qqa ega уа qarama-qarshi tomonga yo’nalgan. Qo’sh spiralni D. Uotson уа F.Krik kashf etgan (1953).
Qo’zg’aluvchanlik – tirik organizm, organ va hujayraning qo’zg’atuvchi ta’sirini qabul qilish va lшgа javob berish xususiyati. Natijada tirik tizim tinimdan faol holatga o’tadi.
Qo’zoq – quruq ko’purug’li meva. Urug’lar ikki palla o’rtasidagi pardaga joy!ashgan.
Qo’ng’iroqguldoshlar – ikki раllali o’simliklar oilasi. Masalan, chuchmo’malar.
Qo’ng’ir suvo’tlar – asosan yirik – makroskopik, uzunligi 60 m gacha yetadigan suvo’t!ar. Tarkibida sariqqo’ng’ir ksantofill pigmentlar ko’p.
Qo’lqanotlilar – sut emizuvchi hayvonlar turkumi.
Qushlar bozori – qushlarning ommaviy uyalash joylari. Bunday hodisani ko’pincha dengiz bo’yi qoyalarida (ayniqsa shimoliy rayonlarda) kuzatish mumkin.
Qushlar – umurtqali hayvonlar sinfi. Bular yuksak rivojlangan asab tizimi, qanotlar, to’rt kamerali yurakka ega. Tanasining harorati doimiy.
Qurt – ko’pchilik hasharotlar, asosan, kapalaklar rivojlanishining lichinkali bosqichi.
Qurg’oqchilikka chidamlik – o’simliklarning suvsizlikka va issiqlikka uzoq vaqt chiday olish xususiyati. Bunda o’simlik hujayralarida kechadigan hayotiy jarayonlar va hosildorlik deyarli o’zgarmaydi.