Poligibrid
Poligibrid, ko’p duragay – ko’p sonli genlar bo’yicha farqqa ega bo’lgan zotlarni chatishtirish natijasida hosil bo’lgan duragay.

Poligibrid, ko’p duragay – ko’p sonli genlar bo’yicha farqqa ega bo’lgan zotlarni chatishtirish natijasida hosil bo’lgan duragay.
Poligen naslga o’tish, ko’p genli irsiylanish – ko’p genlar bilan ifodalanadigan va ayrim holda kuchsiz ta’sirga ega bo’lgan belgilarning naslga o’tishi.
Poligamiya – Kо’р oilalilik – bir erkak zotning bir necha urg’ochi zot bilan jinsiy munosabatlari. Poliandriya vа poliginiya ma’lum.
Polifosfatlar – Murakkab fosfatlar – anorganik tabiatli yuqori energetik birikmalar.
Роlifiliуа – Kо’р ajdodlilik – biron organizm guruhining bir-biri bilan yaqin qarindoshlik aloqasi bo’lmagan bir necha xil ajdodlardan kelib chiqqanligi.
Роlifеnоllаr, murakkab fenollar – tarkibi ikki va undan ortiq aromatik halqadan hamda bir, ikki уа undan ortiq gidroksil guruhlardan iborat murakkab organik birikmalar.
Polifagiya, ko’p xil ozuqali – har xil turga mansub ozuqalar bilan ovqatlanadigan organizmlar, biroq hammахо’r emas. Masalan, baqalar, kaltakesaklar.
Poliembrioniya, ko’p pushtlilik – 1) bir zigota (tuxum)da bir necha pushtning rivojlanishi; 2) bir urug’da bir necha murtakning yetilishi.
Polibiont – Joy tanlamaydigan – turli muhit yoki agregat holatlarda (suvda, tuproqda, muzda) yohud turli xo’jayinda (parazitlarga xos) yashovchi organizrn.
Pogonoforlar – Sоqоllilаr – dengiz tubida yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. Ipsimon tanaga ega bо’lib, ular xitindan tashkil topgan himoya naycha ichida joylashgan.