Рlumulа- Kurtakchi
Рlumulа – Kurtakchi – urug’dagi murtak poyaning birinchi kurtagi.

Рlumulа – Kurtakchi – urug’dagi murtak poyaning birinchi kurtagi.
Pleyston – suvning yuza qismida erkin qalqib yuruvchi yoki bir oz suvga botib yashovchi organizmlar majmui. Bularga suv o’simliklaridan salviniya, baqato’n, hayvonlardan aktiniya, sifonoforalar kiradi.
Pleyoxaziy – Soxta soyabon – soyabonsimon to’pgul. Gul bilan tugaydigan o’qqa va уаnа o’zidan uzunroq bo’lgan ikkitadan ortiq o’qlarga ega to’pgul (masalan, sutlamalarda).
Pleyotropiya – bir genning har xil belgilarga ta’siri. Bunda biron-bir genning alleli asosiy belgi bilan birga уапа qator boshqa belgilar rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Plevra, kulrang parda – o’pka va ko’krak bo’shlig’i devorini о’гаb turadigan ko’kimtir, kulrang parda.
Plazmosoma – sitoplazmaning tuzilish birligi.
Plazmoliz, hujayra tarangligining yo’qolishi – hujayradagi suvning chiqib ketishi natijasida, sitoplazmaning qobiqdan ajralib, uzoqlashishi. Turgor holatining aksi.
Plazmolemma – protoplazmaning tashqi membranasi bo’lib, uni hujayra qobig’idan ajratib turadi.
Plazmogenlar – yadrodan boshqa hujayra organoidlari – mitoxondriya, xloroplastlarda joylashgan genlar. Irsiy informatsiyani ko’chirish xususiyatiga ega. Plazmogenlar to’plami plazmon deb ataladi.
Plazmodiy – 1) ko’p yadroli sitoplazmatik massa; 2) sporalilar turkumiga mansub bir hujayrali organizmlar.