Nimfa
Nimfa – g’umbak bosqichiga ega bo’lmagan ba’zi umurtqasiz hayvonlarning balog’atga yetmagan (tuxumdan chiqqan) davri.

Nimfa – g’umbak bosqichiga ega bo’lmagan ba’zi umurtqasiz hayvonlarning balog’atga yetmagan (tuxumdan chiqqan) davri.
Nikotin – tamaki barglarida uchraydigan alkaloid. Asab tizimiga ta’sir qiluvchi kuchli zahar.
Niasin – nikotin kislotasining amidi, RR vitamini. Nikotinamidli fermentlarning kofermenti. Bu vitaminning yetishmasligi pellagra kasalligini рауdo qiladi.
Noosfera, idrok doirasi – biosfera rivojlanishining eng yuqori pog’onasi. Bunda odam aqliy faoliyati biosfera rivojlanishining asosiy оmili bo’lib qoladi. V.L. Vernadskiy atamasi.
Neytrofillar – leykotsitlarning bir xili. Ularning donachalari nа kislotali, nа asosli bo’yoqlar bilan bo’yalmaydi. Chunki ular neytraldir.
Neyrotropizmlar – asab tizimida biron-bir parazit yoki moddaning to’planishi.
Neyroregulatorlar – asab uchlaridan ajralib chiquvchi kimyoviy mediatorlar bo’lib, nisbatan uzoqroq masofaga tarqaladi; atrofdagi juda ko’p hujayralarga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Neyromediatorlar – asab hujayralari ishlab chiqaradigan va juda qisqa masofada o’z ta’sirini ko’rsatadigan kimyoviy moddalar. Neyromediatorlar faqat bitta nishon – hujayraga ta’sir qilish xususiyatiga ega.
Neyrogormonlar – maxsus nеуrоnlаr ishlab chiqaradigan fiziologik fаоl moddalar. Ular qon yoki to’qima suyuqliklariga o’tib, gormon vazifasini bajaradi; tuzilishiga ko’ra peptidlardir. Ba’zilari katexolaminlarga kiradi.
Neyrofizinlar – nеуrоnlar tanasida sintezlanuvchi oqsil moddalar. Neyrogormonlarning ko’chirilishida ishtirok etadi.