Nefrositlar
Nefrositlar – ayrim umurtqasiz hayvonlarning ayiruv (chiqarish) hujayralari.

Nefrositlar – ayrim umurtqasiz hayvonlarning ayiruv (chiqarish) hujayralari.
Nefron – odam va umurtqali hayvonlar buyragining tuzilish hamda funksiona1 birligi. U malpigiy tanachasi, nefron qovuzlog’i va siydik yig’uv naychalardan tuzilgan.
Neandertal odam – qadimgi qazilma odam. Dastlab Neandertal vodiysida (Germaniya) topilgan. Hozirgi zamon odami bilan petikantrop о’гtasidagi oraliq o’rinni egallaydi.
Nayza, nish – ko’pchilik pardaqanotlilar urg’ochisining ko’rinishi o’zgargan tuxum qo’yigichi; himoya yoki hujum vazifasini bajaradi (arilar). Chayonlar nayzasiga zaharli bezlar yo’li ochilgan.
Nav ichida chatishtirish – bir navga mansub o’simliklarni o’zaro chatishtirish.
Naturalizatsiya, moslanish – o’simliklar introduksiyasi shakllaridan biri; birоn zot yoki navning dastlabki genotipini o’zgartirmagan holda o’z vatanidagi sharoitiga o’xshash bo’lgan yangi joyga moslashuvi.
Natriy-kaliy nasosi – hujayraning plazmatik membranasida joylashgan fermentativ tizim. Hujayra ichidan natriyning va hujayra ichiga kaliyning ko’chiri1ishini ta’minlaydigan damlagich vazifasini bajaradi.
Nativ – Tabiiy – biror narsaning tadqiqotlar ta’sirida ham asl ko’rinishining buzilmasligi.