Iqlim xaritalari
Iqlim xaritalari – ma`lum hududning iqlim xususiyatlarini aks ettiradigan geografik xaritalar. Ularda iqlim izochiziqlari o`tqazilgan bo`ladi.
Iqlim xaritalari – ma`lum hududning iqlim xususiyatlarini aks ettiradigan geografik xaritalar. Ularda iqlim izochiziqlari o`tqazilgan bo`ladi.
Iqlim – yer yuzasining quyosh nurlariga nisbatan og`ishi. Ob-havoning ko`p yillik rejimi.
Ichki dengizlar – quruqlik ichkarisiga kirib borgan va okean yoki dengizga bir yo bir necha bo`roz orqali qo`shilgan dengizlar: Baltika dengizi, Qora dengiz va boshqalar.
Intruziv tog` jinslari – yer po`stining ichki qismlarida magmaning asta-sekin sovushidan hosil bo`lgan magmatic tog` jinslari.
Intensiv taraqqiyot yo`li – mazkur korxonalarda yangi texnika va mehnatni tashkil etishning yangi shakllarini joriy etish hisobiga ishlab chiqarishni kengaytirish.
In`yektsiya– magmaning kuchli bosim ta`sirida yer osti bo`shliqlari, tog` jinslari, darzlar va cho`kindi jinslar qatlami oraliqlariga joylashuvi.
Infiltratsion konlar – yer osti suvida erigan turli kimyoviy element va birikmalarning yer osti g`ovaklarida cho`kishi natijasida hosil bo`ladigan konlar.
Iqtisodiy geografik tavsif – xo`jalik ob’ektlari (korxonalar, shaharlar, rayonlar) haqidagi bilimlarni muayyan reja asosida sistemali ravishda bayon etish; bunda bu ob’ektlarning joylashish xususiyatlari va taraqqiyot perspektivalari ko`rsatiladi.
Iqtisodiy rayon – mamlakatning xalq-xo`jalik tarmoqlari o`rtasida har tomonlama aloqa bog`laydigan, umumdavlat miqyosida o`ziga xos ixtisoslashgan, hududiy sihlab chiqarish kompleksini o`z ichiga olgan bir qismi.