Membrana
Membrana, parda – oqsil va lipiddan tashkil topgan yarim o’tkazgich molekular to’siq. Hujayra va hujayra orgonoidlari – yadro, mitoxondriya, xloroplast va boshqalarni o’rab turadigan parda.

Membrana, parda – oqsil va lipiddan tashkil topgan yarim o’tkazgich molekular to’siq. Hujayra va hujayra orgonoidlari – yadro, mitoxondriya, xloroplast va boshqalarni o’rab turadigan parda.
Melanizm – hayvonlardagi qora va qo’ng’ir rang pigmentlari bilan bog’liq hodisa.
Melaninlar – odam va hayvonlar terisi, sochlari (junlari), patlari va boshqalarning qora hamda jigarrang pigmentlari. Iirozin aminokislotasining oksidlanishi bilan bog’liq.
Megoevolyutsiya – eng yirik takson (sinf, tur)larning shakllanishiga olib keluvchi evolutsion jarayonlar majmui.
Megakariotsitlar – sut emizuvchilarning qon hosil qiluvchi a’zolaridagi yirik yadroli hujayralar. Qon ivishida ishtirok etuvchi trombotsitlar shu hujayralardan hosil bo’ladi, diametric 50-70 mkm ga teng.
Meduzalar – dengiz suvlarida erkin suzib yuruvchi kovakichlilar. Ssifoidlar yoki haqiqiy meduzalar sinfining paypaslagichlari zaharli, ba’zi turlari (masalan, kombomeduza yoki «dengiz arisi») esa odam uchun xavfli.
Maysa – urug’dan endigina unib chiqqan o’simlik ko’kati.
Maymunlar – odamsion maymunlar (primatlar) turkumini tashkil qiluvchi yuksak darajada tuzilgan sut emizuvchilar. Kengburunli va torburunli guruhlarga bo’linadi.
Mayda baliqchalar – baliqlar rivojlanishidagi dastlabki bosqich.
Maturaza – intronlarni qirqish va transport-RNKlarning «yetilish» reaksiyalarini katalizlovchi ferment.