Galo
Galo– atmosferada sodir bo`ladigan optik hodisa. Asosan muz kristallaridan tashkil topgan bulutlarda yorug`lik sinishi. Galoda quyosh, oy atrofida halqa hosil bo`ladi.
Galo– atmosferada sodir bo`ladigan optik hodisa. Asosan muz kristallaridan tashkil topgan bulutlarda yorug`lik sinishi. Galoda quyosh, oy atrofida halqa hosil bo`ladi.
Galaktika– quyoshni o`z ichiga oladigan yulduzlar sistemasi. Yunoncha somon yo`li.
Galaktik toj – galaktika atrofini o`rab turuvchi kosmik nurlar. Bu nurlar milliard yillarda yerga yetib keladi.
Galaktik yil – Quyosh va unga yaqin yulduzlarning galaktika markazi atrofida to`la bir marta aylanish davri.
Gagat– toshko`mirning to`q qora, o`ta yaltiroq turi. Qattiqligi 3 – 3,5. Dengiz loyqalari ostida ko`milib qolgan daraxt qoldiqlaridan vujudga keladi.
Gumid iqlim, sernam iqlim – yog`inlar miqdori bug`lanishdan ko`p bo`lib, natijada ortiqcha namlikka ega bo`lgan joylar iqlimi, tundra, aralash o`rmonlar zonasi va nam subtropiklarning ko`p qismi, baland tog`larning yuqori chegaralari … Read More
Gum – chuqurlik, o`rama, jahannam, zov
Gidrogeologik havzalar – yer osti suvlari to`planadigan geologik havza.
Gidrogeologik xaritalar – yer osti suvining kimyoviy tarkibini aks ettiruvchi xaritalar.
Gigroskopik suv – tog` jinslari zarralarining yuzasini yupqa holatda o`rab turuvchi bir molekulali suv (bug`).