Kompost
Kompost, mahalliy o’g’it – mikroorganizmlar ta’sirida chirigan organik moddalardan hosil bo’lgan mahalliy o’g’it.

Kompost, mahalliy o’g’it – mikroorganizmlar ta’sirida chirigan organik moddalardan hosil bo’lgan mahalliy o’g’it.
Komplementatsiya, to’ldirish – bir genning ikki mutant allelini bir zigotada birlashuvi. Bunda yovvoyi yoki unga yaqin fenotip o’zining boshlang’ich holatiga qaytadi.
Коmрlеmеntarlik, to’ldiruvchanlik – biopolimerlarning kimyoviy tuzilishidagi o’zaro muvofiqlik. Masalan, DNK molekulasidagi bir polinukleotid zanjir nukleotidlarning ketma-ketligi ikkinchi zanjirdagi nukleotidlar ketma-ketligini aniqlab bеradi va to’ldiradi.
Kommensalizm, hamtovoqlik – simbioz turlaridan biri bo’lib, bunda har xil turga mansub organizmlar biri (kommensal) ikkinchisiga zarar keltirmay, birgalikda yashaydi. Masalan, ba’zi baliqlar goloturiyalardan boshраnа sifatida foydalanadi.
Kolovratkalar – Parmasimonlar – birlamchi bo’shliqli chuvalchanglar sinfi.
Kolonial organizmlar, to’dalashib yashovchi organizmlar – jinssiz ko’payish (kurtaklanish)dan so’ng yuzaga kelgan avlod individlarining оnа оrganizm bilan qolib, to’da – koloniya holida yashashi. Masalan, suvo’tlar.
Kollenxima – Yetimshiq to’qima – ikki pallali o’simliklarning birlamchi tayanch (mexanik) to’qimasi. Yosh o’suvchi a’zolar elastikligi va mustahkamligini ta ‘minlaydi.
Kolleksiya, to’plam – o’simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, tuproq va boshqalarning ilmiy yoki amaliy maqsadlarda tartibga solingan majmui.
Kollaterallar – umurtqali hayvonlar qon tomirlarining yonbosh shoxlari. Asosiy tomirlar ishtirokisiz qonning kelishi yoki qaytib ketishini ta’minlaydi.
Kollagen – Yetimshiq oqsil – biriktiruvchi to’qimadagi kollagen tolalar asosini tashkil qilib, uning mustahkamligini ta’minlaydigan uzun tolali oqsil. Suyak, рау, tog’ay, teri va boshqa to’qimalarda uchraydi.