Dengiz (okean) havzasi
Dengiz (okean) havzasi – dengizning o`zi va quruqlikning dengizga yondashgan hamda yer usti, yer osti suvlari shu dengizga oqib tushadigan qismi.
Dengiz (okean) havzasi – dengizning o`zi va quruqlikning dengizga yondashgan hamda yer usti, yer osti suvlari shu dengizga oqib tushadigan qismi.
Demografiya (yunoncha demos – xalq va grafo – yozaman) – biror hudud, mamlakat, bir qancha mamlakat yoki dunyo aholisining holati va undagi o`zgarishlarni o`rganuvchi fan tarmog`i. Demografiya aholining joylashuvi va … Read More
Daxan, dahana – tog`li joylarda dara, tog` vodiy, tog` soy og`zi. Daxan odatda tektonik uzilishlar natijasida yuvilishga chidamli qattiq jinslar yuzaga chiqib qolgan yerlarda suvning chuqurlatish eroziyasi oqibatida vujudga keladi.
Daryo rejimi – havzasining tabiiy geografik xususiyatlariga, birinchi navbatda iqlim bilan relyefga bog`liq ravishda daryolarda suv oqish holatining qonuniy o`zgarishi.
Daryoning suv sarfi – daryoning biror qismida uning ko`ndalang qismidan muayyan vaqt (sekund, minut, soat, kun, oy, yil) davomida oqib o`tgan suv miqdori. Oqim tezligini daryoning ko`ndalang kesimi maydoniga ko`paytirish … Read More
Diagenez(yunoncha dia – qayta va genezis – tug`ilish) – suv havzalari tagida g`ovak cho`kindilarning cho`kindi tog` jinslariga aylanishi.
Ekologik omillar – Organizmlarning yashashi va geografik tarqalishiga ta’sir etuvchi hayot sharoiti elementlari. Ekologik omillar quyidagi guruhlarga bo`linadi: 1) iqlim omillari (havo, yorug`lik, issiqlik, suv va h.k.); 2) edafik omillar … Read More
Ekologik muvozanat – organizmlar va inson uchun zaruriy tabiiy sharoit muvozanati. Bu muvozanat buzilsa tabiiy landshaftlar nomaqbul rivojlanadi, atrof-muhitning ekologik sharoiti yomonlashadi, binobarin, inson va organizmlar hayoti xavf ostida qoladi. … Read More