Exolot
Exolot– dengiz va okeanlarning chuqurligini o`lchovchi asbob.
Exolot– dengiz va okeanlarning chuqurligini o`lchovchi asbob.
Effuziv tog` jinslari – yer usti yoki suv ostidagi vulqon faoliyati natijasida hosil bo`lgan magmatik jinslar.
Efemer o`simliklar (yunoncha efemeros – bir kunlik) – qurg`oqchil o`lkalarda o`sadigan, vegetatsiya davri qisqa bir yillik o`simliklar. Masalan, O`rta Osiyo cho`llarida rango`t, qo`ngirbosh, lolaqizg`aldoq kabi efemer o`simliklari may oyi boshlaridayoq … Read More
Efemeroid – ko`p yillik o`simliklar.
Etnografiya(yunoncha etnos – xalq, grafo – yozaman) – dunyo xalqlarining madaniy va maishiy xususiyatlarini, xalqlarning kelib chiqishi (etnogenez), madaniy-tarixiy aloqalarini o`rganadigan fan.
Etak – daryo quyi oqimidagi yerlar (daryo etagi), qishloq, shahar yoki biror joyning pastki chekka qismi (qishloq etagi, yerning etagi), tog` etagi va h.k.
Eski dunyo – Yevrosiyo va Afrika materiklari.
Estuariy (lotincha daryoning suv bosadigan etagi)- daryoning dengizga quyiladigan joyi kengayib, daryo etagini dengiz suvi bosishidan hosil bo`lgan qo`ltiqcha. Estuariy-daryoning dengizga quyiladigan joydagi kengaygan qismi.
Epeyrogen harakatlar – yer po`stining asta-sekin ko`tarilib yoki pasayib borishi.