Yalovbardor
Yalovbardor-bayroq ko’tarib boruvchi bayroqdor. Movarounnaahr va O’rta Osiyo xonliklari qo’shinlarida bayroq ko’tarib yuruvchi maxsus kishilar bo’lib, ular yalovbardor deb yuritilgan.

Yalovbardor-bayroq ko’tarib boruvchi bayroqdor. Movarounnaahr va O’rta Osiyo xonliklari qo’shinlarida bayroq ko’tarib yuruvchi maxsus kishilar bo’lib, ular yalovbardor deb yuritilgan.
Yazdon-tangri degani.
Yazakdor-yazak, oldi qo’shinning boshlig’i.
Yazak-lashkarning old qismini bildirgan. Temuriylar davrida esa avangard, muhim harbiy ma’lumot yig’ish (razvedka) bilan shug’ullanadigan guruhni anglatgan.
Yurchi-Buxoro amirligida amir o’tadigan ko’chalarni tozalashni uyushtiradigan mansabdor.
Yurtchi-mo’g’ul amaldorlari. Bular amalda yozuv-chizuv ishlarini olib borar, jahongirning yorliqlarini tarqatar, har xil ma’lumotlar yig’ar, ba’zan esa maxsus ayg’oqchilar orqali ayg’oqchilik bilan ham olib shug’ullanganlar.
Yuzboshi-qadimgi davrlarda va O’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida yuz nafar askar boshlig’i yuzboshi deb atalgan.
O’nboshi-Amir Temur armiyasi va O’rta Osiyo xonliklari qo’shinlaridagi eng kichik harbiy bo’linma boshlig’i.
Yadak-ehtiyotan egarlab beztilgan ot bo’lib, shoh yoki hokim oldidan olib yurilgan.