Yuz
Yuz-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan yirik qabilalardan biri. Asosan Surxon vodiysida yashagan. Ular ikkita katta guruh – vahtamg’ali va jilantamg’alidan iborat bo’lgan. Buarning har biri o’z navbati o’z navbatida yana bir … Read More

Eshik og’aboshi-O’rta Osiyo xonliklarida xon saroyidagi bosh xizmatkor. Oliy hukmdorning turli qabul marosimlarini o’tkazish ishlariga mutasaddi bo’lgan shaxs.
Eftaliylar-O’rta Osiyo va unga yaqin mamlakatlar xalqlarining etnogenezi va tarixida muhim rol o’ynagan yirik qabilalar uyushmasi. Ularning kelib chiqishi to’g’risida turli fikrlar bayon etilgan. A.N. Bernshtamning fikricha, eftaliylar tarkib topgan … Read More
Etnografiya-etnografiyaning bir bo’limi. Yer shari, alohida mamlakatlar ularning tumanlari aholisining tarkibi va joylashishini o’rganadi. Shuningdek, etnogeografiya qadimgi va hozirgi etnik birliklarning joylashishini tekshiradi va shu asosda etnik chegaralarni aniqlaydi. Etnogeografiyaga … Read More
Etnografiya (Elshunoslik)-xalqlar, etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmushi, tarixiy va madaniy munosabatlarini o’rganadigan ijtimoiy fan. Etnografiya fani asosiy e’tiborni hozirgi xalqlarga qaratgan holda o’tmishda mavjud bo’lgan barcha … Read More
Enaga-birovning bolasini tarbiyalab katta qilgan xotin.
Ellikboshi-harbiy-ma’muriy unvon. O’rta Osiyo xonliklarida yuzboshidan keyingi mansab. 50 nafar askardan iborat harbiy qism qo’mondoni yoki 50 nafar askar ajrata oluvchi mahalla, qishloq yoki ovul rahbari. Ellikboshi mingboshi tomonidan tayinlangan.
Elat-kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi. Elatning kelib chiqishiga bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi asos bo’lgan.
Sho’rot-Somoniylar davlatid davlat boshlig’i amir tomonidan o’zini himoya qilish uchun turk g’ulomlaridan tashkil etilgan maxsus saroy gvardiyasi.