NOMINAL QIYMAT

NOMINAL QIYMAT, nominal (lotincha nominalis — nomi yozilgan) — pul belgilari, banknotlar va qimmatli qog’ozlarning ustiga yozib qo’yilgan qiymati, narxi. Qimmatli qog’ozlar kursi Nominal qiymatdan chetga chiqishi mumkin.

Nitroloklar

Nitroloklar — nitrosellyuloza asosida olinadigan loklar. Tarkibida tabiiy va sun’iy smolalar, plastifikatorlar, erituvchilar va boshqalar bo’ladi. Metall va yog’och buyumlar, teri va boshqalarni bo’yashda, emal bo’yoqlar (nitroemallar) tayyorlashda qo’llanadi. Nitroloklarni … Read More

Nisbiy balandlik

Nisbiy balandlik – yer yuzasidagi ikki nuqta orasidagi tik balandlik, u mutlaq balandliklar orasidagi farqqa teng. Masalan, tog’ cho’qqisi bilan yaqin joylashgan vodiy tubi orasidagi tik balandlik yoki dars ikki … Read More

Nikulin Yuriy Vladimirovich

Nikulin Yuriy Vladimirovich (1921.18.12, Smolensk viloyati — 1997.21.8, Moskva) — rus tsirk artisti, kinoaktyor. Tsirk san’atida mashhur masxaraboz (kloun) sifatida tanilgan. 1982 yildan Svetnoy bulvardagi Moskva tsirkining bosh rejissyori va … Read More

Nereidalar

Nereidalar — yunon mifologi- yasida dengiz nimfalari, Nereyning 50 ta qizi, ularning nomlari dengizning o’zgaruvchanligi, chuqurligi, shiddatliligi va injiqliligini ko’rsatadi. Yunonlar e’tiqodiga ko’ra, Nereidalar, kema halokati paytida dengizchilarga yordam beradi.

Nereida

Nereida — Neptun sayyorasining yo’ldoshi. Diametri 340 kilometr, sayyoradan o’rtacha uzoqligi 5,57 million kilometr. Orbita ekstsentrisiteti 0,75. 1949 yilda Amerikalik astronom J. P. Koyper kashf etgan. Sayyora atrofini 360 sutkada … Read More

Nervizm

Nervizm — odam va yuqori darajada tuzilgan hayvonlar organizmidagi barcha funktsiyalar va fiziologik jarayonlarni boshqaruvchi bosh omil — nerv sistemasi degan g’oyaga asoslangan yo’nalish. Nervizm terminini fanga I. P. Pavlov … Read More

Nerv to’qimasi

Nerv to’qimasi — nerv sistemasining asosiy to’qimasi. Organizmda ta’sirotni qabul qilib, qo’zg’alishni o’tkazib beradi. Organizmning tarixiy taraqqiyoti jarayonida Nerv to’qimasi elementlari tez qo’zg’alib, nerv impulslarini darhol o’tkazib berish xususiyatiga ega … Read More

Neper soni

Neper soni (esoni) – (l + i)” ifodaning p cheksizga intiladigan limita, e = lim(l + i)” =2,718281828459045…, natural logarifmning asosi. Sh. Ermit (1873) Neper soni transtsendent son ekanligini isbotlagan. … Read More