Lepnina (quyma naqshli bezaklar)
Lepnina (quyma naqshli bezaklar) – binolarning fasad va interyerlarida ishlatiladigan, qoida tariqasida, gips, shtukaturka, beton va boshqa materiallardan quyma yoki bosilgan bezaklar (figurali, bezakli).
Lepnina (quyma naqshli bezaklar) – binolarning fasad va interyerlarida ishlatiladigan, qoida tariqasida, gips, shtukaturka, beton va boshqa materiallardan quyma yoki bosilgan bezaklar (figurali, bezakli).
Lenta (izolyatsiyalovchi lenta) – kauchuk, smola, moy, asfalt, izolyatsiyalovchi moddalar bilan singdirilgan mato lentasi, odatda qattiq doiralarga o’raladi. Elektr simlarini (montaj qilishda) o’tkazishda ishlatiladi.
Lejen (ko’ndalang qo’yiladigan to’sin) – transheya yoki tog’ tayanchlarini mahkamlash; yog’och karkasli devorning gorizontal asosi (ko’milgan brus), pastki gorizontal brus yoki plastinka, stropila ustunlari uchun yordam sifatida xizmat qiladi.
Lahim – yer ostidagi tor yo’l, bino, yo’l va boshqalar ostidagi yo’lak.
Lahad – go’r, qabrning jasad qo’yiladigan ichki qismi.
Lateks – (inglizcha: latex, nemischa: Latex m, Kautschukmilch f) dispers polimer zarralarinign suvli eritmadagi emulsiyalarining umumiy nomi.
Landshaftni rejalashtirish – atrof-muhitni, resurslarni ishlab chiqarish qobiliyatini saqlab qolish sharti bilan jamiyatning yoshga bog’liq yoki o’zgargan ehtiyojlarini qondirish uchun landshaftlardan foydalanish loyihasini ishlab chiqish.
Landshaftga antropogen ta’sirni boshqarish – inson faoliyatining landshaftga ta’sirining salbiy oqibatlarini maqsadli ravishda oldini olish, foydalanish rejimini tartibga solish orqali landshaftning resurs ishlab chiqarish qobiliyatini saqlab qolish.
Landshaft qulayligi – landshaftning inson yaxshi dam olishi, psixo-emotsional va funksional muvozanatni qo’lga kiritish ehtiyojlariga muvofiqligi darajasi; landshaftning odamlar hayoti uchun biotibbiyot va ijtimoiy-psixologik qulayligini shartli-baholash mezoni.
Landshaft imkoniyati – landshaftning jamiyatning turli ehtiyojlarini qondirishdagi ishtiroki darajasini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarning landshaft tomonidan bajarilishi mumkin bo’lgan o’lchovining tavsifi.