Vakil
Vakil-kafillik qiluvchi, kafolatli, ishonchli. Asli: Abduvakil

Vakil-kafillik qiluvchi, kafolatli, ishonchli. Asli: Abduvakil
Vays-ko’pchilikning vakili, ishonchli odam yoki Uvays ismining shakli, yoxud kuch-qudrat. Ba’zi manbalarda, “bo’rining bolasi” yoki ustoz (shayx)ning ruhi orqali tarbiya topgan shogird (bola). Shakllari: Vayxon, Vaysqul.
Vaziq, Voziq-aniq-ravshan, oydin, porloq yoki sabr-toqatli, vazmin
Vazira-ulg’ayib vazira, ya’ni mansabdor bo’lsin. “Vazir”ning muannas shakli
Vazir-yordamchi, ko’makchi, oliy mansabdor yoki sog’ ulg’ayib vazirlarning obro’-martabasiga ega bo’lsin.
Vazina-sabrli, toqatli, chidamli
Vajhiya-chiroyli, ko’rkam (“Vajiha” ismining ma’nodosh shakli).
Vajixa-go’zal yuzli, chiroyli, zebo
Vajnulla-Allohning go’zal, ko’rkam kishisi yoki Allohning baxtiyor bandasi.
Vajida-shodon, baxtiyor, xurram.