Basar
Basar-aynan: ko’z, ko’zning ko’rish quvvati, ya’ni ziyrak zehnli qiz

Basar-aynan: ko’z, ko’zning ko’rish quvvati, ya’ni ziyrak zehnli qiz
Barchin-shoyi mato, ipak mato, parchin yoki balchin – barchin – go’zal, zebo qiz
Baroq-tiniq, Ravshan, porloq o’zbek xalqining qo’ng’irot yoki qatag’on qabilalari tarkibiga kirgan urug’ nomi. Demak, baroq urug’i farzandi
Barot-barot kuni (sha’bon oyining o’rtasidagi kun) – diniy bayram kuni tug’ilgan bola yoki aybsiz, benuqson, pokiza yoxud ozod, hur, erkin
Barno-aynan: yosh, navjuvon; chiroyli, xushbichim, xushqad.
Barlos-mard, botir; sarkarda. Barlos-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan qabila nomi
Barkashboy-o’lchab, tarozida tortib olingan, ya’ni sotib olingan bola yoki suyanch, asos yozud mis idish (barkash) dek mustahkam
Barzu-yuqori, yuksak, baland; uzun bo’yli; baland martabali
Barziya-barz-ekin; barziya-dehqon qiz, g’allakor yoki dehqon qizi
Bargigul-gul bargi; yashnagan, go’zal, zebo