OVIMBUNDU

OVIMBUNDU (mbundu) — Angoladagi bantu guruhiga mansub xalq. 3,7 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Dindorlari — katoliklar va protestantlar; an’anaviy diniy e’tiqodlar ham saqlangan.

OVGA

OVGA — shimoliy Nurota tizmasining suvayirg’ichidagi dovon. 1699 metr balandlikda. Nurota botig’idagi Sambur va Nurota tizmasining shimol qismidagi Keskin qishloqlari orasida joylashgan. Dovondan chorva mollarini qaydab o’tishda foydalaniladi.

OVAMBO

OVAMBO (ambo) — Namibiyadagi bantu guruhiga mansub xalq (750 ming kishi, 1990-yillar o’rtalari); Angolada ham (240 ming kishi) yashaydi. Dindorlari — xristianlar (asosan, lyuteranlar).

OBROK

OBROK — o’rta asrlarda Rossiyada pomeshchiklar tomonidan dehqonlardan pul va oziq-ovqat ko’rinishida olinadigan yillik yig’im. Oziq-ovqat Obroki 1861 yil 19 Fevraldagi Nizomga asosan bekor qilingan, pul Obroki — vaqtincha majburiyat … Read More

OBO

OBO (mo’g’ulcha) — Qozog’iston, O’rta va Markaziy Osiyodagi tog’cho’qqilarida mahalliy aholi tomonidan bunyod etilgan tosh uyumi. Ruhlarga sajda qilish joyi.

OBLOQUL “G’OLIB”

OBLOQUL “G’OLIB” (1831/40- 1917/ 27) — urgutlik cho’pkor, me’mor. Ustalar musobaqasida g’olib chiqib “G’olib buva” nomini olgan va shu nom bilan mashhur bo’lgan, 300 ga yaqin shogirdlari bo’lgan. Urgutda u … Read More

OBJAZ

OBJAZ — Qurama tizmasining shimoliy-g’arbiy qismidagi dovon. 2216 metr balandlikda, Ohangaron daryosi chap irmog’i Objazsoyning boshlanish qismida joylashgan. Ohangaron va Farg’ona vodiylarini tutashtirib turadi. Dovondan apreldan oktabrgacha chorva mollarini haydab … Read More

OBERON

OBERON — uran sayyorasining yo’ldoshi, diametri 1520 kilometr, sayyoradan o’rtacha uzoqligi 582,6 million kilometr. 1787 yil ingliz astronomi V. Gershel kashf qilgan. Oberonning orbita tekisligi uranning orbita tekisligiga deyarli perpendikulyar.

XOKREZ

XOKREZ (forscha, xok — tuproq va rez — to’qmoq, uymoq) — tuproqdan yasalgan ko’tarma, tepa. Xokrezdan o’rta asr harbiy strategiyasida mudofaa inshooti sifatida foydalanilgan. Odatda, xandaq bilan qal’aning tashqi devori … Read More