NURSIMONLAR
NURSIMONLAR, nurlilar soxta oyoqlilar sinfiga mansub bir hujayrali hayvonlar kenja sinfi.

NURSIMONLAR, nurlilar soxta oyoqlilar sinfiga mansub bir hujayrali hayvonlar kenja sinfi.
NURUMOVA AYITJON YOQUBOVNA (1954.10.9, To’rtko’l tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). ToshDUni tugatgan (1979). 1973 yildan To’rtko’l tumanidagi 15-maktabda tarix o’qituvchisi. O’quvchilarga Vatan tarixi, boy madaniy merosi bo’yicha darslarda … Read More
NUQTAVOR — nuqtalar asosida yaratilgan naqsh.
NUHUFT (forscha — yashirin, hufiya) — O’n ikki maqom tizimidagi sho’ba.
NYU… (inglizcha new — yangi) — inglizcha qo’shma so’zlar, asosan toponimlarning birinchi qismi bo’lib, “yangi” ma’nosini bildiradi (masalan, Nyu-York, Nyu-Deli).
NYUTON — xalqaro birliklar tizimisida kuch va og’irlik o’lchov birligi: N bilan belgilanadi. 1 kilogramm massali jismga 1 metr/s2tezlanish bera oladigan kuchga teng. I. Nyuton sharafiga qo’yilgan.
NYANKOLE (xima) — Ugandadagi Bangu guruhiga mansub xalq. 1,5 million kishi (1990-yillar o’rtalari), an’anaviy diniy e’tiqodlarga rioya etadilar, xristianlar ham bor.