Akif

Akif-g’ayratli, harakatchan; biron ishga qattiq kirishib, uni mukammal suratda bajaruvchi yoki zohid, darvesh, tarkidunyochi, Ba’zi adabiyotlarda “turg’un, barqaror, mahkam” deb izohlangani ham uchraydi.

Ayyub

Ayyub-qilgan xato va gunohlariga pushaymon chekuvchi, afsuslanuvchi; sabr-bardoshli; tavbaga yuzlanuvchi. Bu ism Ayyub payg’ambarning nomidir. Ba’zi adabiyotlarda Ayub-sabrli, chidamli; hurmat yoki tavba qiluvchi, ibodat qiluvchi deb ham izohlanadi.