Chortaxta (chorcho’p, kesaki)
Chortaxta (chorcho’p, kesaki) – eshik ramkasi-eshikning sobit qismi, unga eshik qismlari eshik ilmoqlari bilan biriktiriladi. Masalan: eshik chortaxtasi, temir-beton chorcho’p, deraza kesakisi va hokazolar.

Chortaxta (chorcho’p, kesaki) – eshik ramkasi-eshikning sobit qismi, unga eshik qismlari eshik ilmoqlari bilan biriktiriladi. Masalan: eshik chortaxtasi, temir-beton chorcho’p, deraza kesakisi va hokazolar.
Chortark gumbaz – 1) to’rtburchak xona ustiga qurilgan to’rtburchakli do’ppisimon gumbaz; 2) ravohli ikki yo’lak kesishidan paydo bo’lgan gumbaz.
Chorsu – 1) chorrahaga qurilgan usti berk bozor binosi; 2) Eron, Afg’oniston va Markaziy Osiyoda yopiq bozor turi; qoida tariqasida, u shaharning asosiy magistrallari chorrahasida qurilgan.
Chorraxa (chor-to’rt, roh-yo’l) – 1) yo’llarni kesishgan joyi; 2) to’rt tarafga ketadigan ko’chalar markazi.
Cho’bkor – usta, sinchli bino ustasi, binokor.
Churuqlikdagi darcha – bio yoki inshootning biron-bir qismiga chuqurlashtirilib quriladigan va shu qismda joylashgan konstruksiyalar, qurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning bemalol kirishi yoki bu konstruksiyalar hamda qurilmalarning atrof-muhit bilan havo orqali … Read More
Cho’kich (metin) – cho’qmor, gurzi, uchi o’tkir po’lat asbob. Masalan: ikki yoqli cho’kich.
Cho’kindilar – suv yoki havo oqimi bilan olib boriladigan qattiq zarralar.
Cho’zish (cho’zilish, uzayish) – ob’yektning, agar unga uning bo’ylama o’qi bo’ylab yuk qo’llanilsa (unga ta’sir qiluvchi kuchlarning natijasi) bu bo’ylama deformatsiyaning bir turi. Masalan: o’q bo’ylab cho’zish, egilishli cho’zilish, cho’zish-siqilish … Read More