VELIKORUSLAR

VELIKORUSLAR (velikoroslar) — rus adabiyotlarida 19-asr o’rtalarida ruslarning atalishi. Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida rus tilidagi 3 ta asosiy lahjani anglatish uchun “shimoliy Velikorus”, “Janubiy velikorus”, “o’rta Velikorus” atamalarida saqlanib qolgan.

VEKTOR DIAGRAMMA

VEKTOR DIAGRAMMA – garmonik qonun bo’iicha o’zgaruvchi fizik kattaliklar qiymati va ular orasidagi munosabatlarning vektor ko’rinishidagi graашл tasviri. Elektrotexnika, akustika, optika va boshqa sohalardagi hisoblashlarda qo’llaniladi.

VEYN (VANE) JON ROBERT

VEYN (VANE) JON ROBERT (1927) -Angliya kimyogari va farmakologi. Prostaglandinlarni ajratib olish va ular kimyosi hamda biokimyosini o’rganish ustida ish olib borgan. Nobel mukofoti laureati (1982; S. Bergstyorm va B. … Read More

VEZNE

VEZNE — qadimgi og’irlik o’lchov birligi. Sharq mamlakatlarida qo’llanilgan; qiymati ishlatish joylariga qarab har xil, masalan, Turkiyada 1V=11,545 kilogramm, Basrada 1V= 14,25 kilogramm bo’lgan.

VEDDLAR

VEDDLAR — xalq, Shri Lankaning tub aholisi. 1 ming kishiga yaqin (1990-yillar o’rtalari). Veddoid irqiga oid. Hind-Eron guruhiga mansub tilda so’zlashadilar. Buddizm va hinduizm diniga e’tiqod qilishadi.

VEBER

VEBER — xalqaro birliklar tizimisida magnit oqimi birligi; nemis olimi V. Veber nomi bilan atalgan. Qisqacha VB bilan belgilanadi. Maxsus konturda bir sekundda nolgacha tekis kamayganda bir volt e. yu. … Read More

VEBER (WEBER) ALFRED

VEBER (WEBER) ALFRED (1868.30.7, Erfurt – 1958.2.5, Geydelberg) -nemis iqtisodchi-sotsiologi. M. Veberning ukasi. Tarix va madaniyat sotsiologiyasi kontsepsiyasini ishlab chiqqan. Unga ko’ra, tarixning borishi eng aqlli kishilar amalga oshiradigan ma’naviy … Read More