VVEDENSKIY BORIS ALEKSEYEVICH

VVEDENSKIY BORIS ALEKSEYEVICH (1893.7.4 – Moskva – 1969.1.4) – rus radiofizigi, akademik (1943). Ilmiy ishlari ultra qisqa diapazondagi to’lqinlarning tarqalishiga oid. Katta Sovet Entsiklopediyasi (BSE) 2-nashri bosh muxarriri (1951-69).

VAQTNI O’LCHASH

VAQTNI O’LCHASH — tezligi yoki takrorlanish davri ma’lum bo’lgan jarayonni (masalan, Erning Quyosh atrofida aylanish davrini) o’rganilayotgan jarayon (masalan, atom reaktsiyalarining o’tish vaqti) bilan solishtirish.

VAQT O’LCHOV BIRLIKLARI

VAQT O’LCHOV BIRLIKLARI – vaqtni belgilashda qo’llaniladigan birliklar — asr, yil, oy, kecha-kunduz (sutka), soat, daqiqa, sekund (lahza), shuningdek vaqtning 12 yillik davr — muchal yil hisobi; 60 yillik davr … Read More

“VASHINGTON POST”

“VASHINGTON POST” (“Washington Post”) (“Vashington pochtasi”) — kundalik gazeta. Vashington (AQSh) da chiqadi. 1877 yilda asos solingan. “Vashington post end Gerald Kompani” gazeta-jurnal birlashmasi (Grexemlar xonadoni tasarrufidagi) tomonidan nashr qilinadi.

“VASHINGTON DEYLI NYUS”

“VASHINGTON DEYLI NYUS” (“Washington Daily News”) (“Vashington kundalik yangiliklari”) — gazeta, Vashington (AQSh)da chiqadi. 1921 yilda asos solingan. Skripe — Govard gazeta kontserniga qaraydi.

VATT-SOAT

VATT-SOAT — ish yoki energiyaning birliklar tizimiga kirmagan birligi; quvvati 1 Vt bo’lgan mexanizmning 1 soatda bajargan ishiga teng. Vt-soat bilan belgilanadi: 1 Vtsoat=3600 J; 1 kVtsoat=3,6106 J.

VATERJAKET PECH

VATERJAKET PECH (inglizcha waterjacket, water — suv va jacket — g’ilof) — metall eritish pechi. Devori po’lat quti — Kessondan iborat, quti aylanib yuruvchi suv bilan sovitiladi. Vaterjeket pechning yumaloq … Read More

VATAR

VATAR (inglizcha Vater — kesma) — matematikada egri chiziq (yoki sirt)ning ikki nuqtasini birlashtiruvchi to’g’ri chiziq kesmasi.

VASILIY III

VASILIY III (1479-1533) – Moskva buyuk knyazi (1505 yildan). Ivan III ning o’g’li. Pskov (1510), Smolensk (1514), Ryazan (1521) shaharlarini qo’shib olib, shu bilan Rusni Moskva atrofida birlashishini yakunladi.