VADOZ SUVLARI

VADOZ SUVLARI (lotincha vadosus — sayoz) — yer po’stining yuqori qismidagi g’ovak, yoriq va bo’shliqlarida joylashgan yer osti suvlari. Atmosfera suvlarining shimilib yig’ilishidan hosil bo’ladi. Ba’zan aeratsiya zonasidagi yer osti … Read More

VAGINIT

VAGINIT (lotincha vagina — qin) — qin shilliq pardasining yallig’lanishi; qinga turli mikroblar — gonokokk, trixomonadalar tushishi sabab bo’ladi.

GIRIY

GIRIY — qadimgi o’lchov birligi; qiymati bir kecha-kunduzning 60 dan bir bo’lagiga teng, ya’ni 1G.=0,4 soat =24 daqiqa =1440 s Sharq xalqlari ichida qo’llanilgan.

GIRDOB

GIRDOB (fors-tojikcha gird — aylanma, ob — suv) — 1) oqayotgan suvning uyurma harakati; 2) uyurmali qattiq shamol, bo’ron.

GIR

GIRO… (Yunoncha gyros — doira, gureno — aylanaman, chirpirak bo’laman) — qo’shma so’zlar tarkibiy qismi; aylanma harakatga oidlikni anglatadi (masalan, giroskop).

GLENN JON

GLENN JON (1921, Kembrij) -AQSh astronavti, iste’fodagi dengiz piyoda askarlari polkovnigi. AQSh tarixida 1-marta “Merkuriy” kosmik kemasida yer atrofi bo’ylab parvoz qilgan (1962 yil Fevral).

GLIPTOTEKA

GLIPTOTEKA (Yunoncha glyphos — kesma va theke — saqlanadigan joy) — gliptika yoki haykaltaroshlik asarlari to’plami; haykaltaroshlik muzeyi. Myunxen va Kopengagendagi Karlsberg Gliptotekalari mashhur.