GLOBAL
GLOBAL (Fransuzcha global — umumiy, lotincha globus — shar) — 1) butun yer sharini qamrab oluvchi; 2) har tomonlama, to’liq, yalpi, universal.

GLOBAL (Fransuzcha global — umumiy, lotincha globus — shar) — 1) butun yer sharini qamrab oluvchi; 2) har tomonlama, to’liq, yalpi, universal.
GLESHOU (GLASHAW) SHELDON (1932) — amerikalik nazariyotchi-fizik. Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasiga oid. Elektromagnit va kucheiz o’zaro ta’sirning umumiy nazariyasini yaratgani uchun Nobel mukofoti laureati (1979; S. Vaynberg va A. … Read More
GNOSEOLOGIYA (Yunoncha gnosis – bilish va logos — ta’limot) — bilish haqidagi ta’limot.
…GNOZIYA (Yunoncha gnosis — ta’limot, fan) — qo’shma so’z tarkibiy qismi bo’lib, “bilim” so’zi ma’nosi ifodasini beradi (masalan, farmakognoziya).
GNOTOBIOTIKA, gnotobiologiya (Yunoncha gnotos — mashhur) — eksperimental biologiyaning bir tarmog’i; mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, soda hayvonlar), gelmintlar va boshqa parazitlardan xoli (steril) laboratoriya hayvonlarini yetishtirish bilan shug’ullanadi.
GIPERMETROPIYA (Yunoncha hypermetros— haddan tashqari va opos — ko’z).
GIPO… (Yunoncha hypo — ostida, tagida) — qo’shma so’z tarkibiy qismi, o’zi qo’shilib kelgan so’zga: 1) quyida ekanlik (masalan, gipoderma); 2) me’yorga nisbatan pasayganlik (masalan, gipotoniya) ma’nolari ifodasini beradi.
GIPOVITAMINOZ (gipo… va vitaminlar) — organizmda vitaminlar yetishmasligi sababli kelib chikadigan kasallik holati.
GIPOGALAKTIYA (gipo… va Yunoncha galaktos — sut) — bola emizish davrida sut kamayib qolish holati.
GIPOKOTIL (gipo… va Yunoncha Kotyle – o’yiq) — o’simlik poyasining ildiz bo’ynidan to urutalla o’rnashgan joygacha bo’lgan qismi.