GORLOVKA

GORLOVKA — Ukrainaning Donesk viloyatidagi shahar (1932 yildan). Temir yo’l tuguni. Donesk shahridan 53 kilometr shimoli- Sharqda. Aholisi 316 ming kishi (1997). Toshko’mir, mashinasozlik, kimyo, koks kimyosi, oziq-ovqat, yengil, yog’ochsozlik … Read More

GRABOVSKIY BORIS PAVLOVICH

GRABOVSKIY BORIS PAVLOVICH (1901 — 1966) — televideniye ixtirochilaridan biri. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ixtirochi (1965). I. F. Belyanskiy bilan hamkorlikda elektrotexnikaga oid tajribalar o’tkazib, buning natijasida elektron nur yordamida harakatdagi … Read More

GRAAF PUFAKCHASI

GRAAF PUFAKCHASI (golland anatomi R. Graaf nomidan) — odam va sut emizuvchi hayvonlar tuxumdonida tuxum hujayra etiladigan pufakcha (Follikul). Yetilgan Graaf pufakchasi yorilgach, ichidagi tuxum hujayra qorin bo’shlig’iga tushadi, undan … Read More

GOH

GOH — qadimgi turkiy vaqt o’lchov birligi; qiymati chog’nit 1/8 ulushiga yoki soatning 1/4 iga, ya’ni 15 daqiqaga teng.

GRAVITATSION TO’LQINLAR

GRAVITATSION TO’LQINLAR -harakatdagi massalar bilan birgalikda tez nurlanayotgan o’zgaruvchan gravitatsion maydon; u o’z manbaidan “ajraladi” va xuddi elektromagnit nurlanishga o’xshab fazoda yorug’lik tezligida tarqaladi.

GRAVITON

GRAVITON — kuchsiz gravitasion maydon kvanti (zarrasi). Uning tortishish maydoni kvanti, sokinlik massasi va elektr zaryadi nolga, spini esa 2 ga teng. Hozirgacha tajriba yo’li bilan aniqlanmagan.

GRAD

GRAD (Gon) — o’lchov birliklari tizimiga kirmagan yassi burchak metrik o’lchov birligi; to’g’ri burchakning yuzdan bir ulushiga teng: g bilan belgilanadi (raqam tepasiga yoziladi). Masalan, 1K=0,0157 radian=0,900° (burchak darajalar.)

…GRAMMA

…GRAMMA (Yunoncha gramma — shakl, harf, yozuv) — qo’shma so’z tarkibiy qismi bo’lib, yozilgan, chizilgan narsaga daxldorlikni bildiradi. Masalan, xaritagramma, radiogramma.

GRAMM

GRAMM (Fransuzcha gramme) — SGS birliklar tizimida massaning asosiy va si tizimida ulush (0,001 kilogramm) birligi; g bilan belgilanadi. U suvning eng zich bo’ladigan temperaturasi (4° ga yaqin) da 0,2% … Read More