GALATIYA

GALATIYA — qadimda kichik Osiyo yarim orolining Markaziy qismida joylashgan mamlakat. Galatlar qabilasi nomidan olingan. Miloddan avvalgi 25 yildan Rim imperiyasi, so’ngra Vizantiya tarkibida. Milodiy 11- asrda saljuqiylar, 14-asrda esa … Read More

GULBUR

GULBUR — zardo’zlikda naqsh asosida axta tayyorlovchi usta; xon va Amirlik ustaxonasida asosiy mutaxassis hisoblangan.

GULALVON

GULALVON (Coreopsis) — qoqidoshlar oilasiga mansub bir yillik va ko’p yillik o’tlar turkumi. Poyasi 20— 100 santimetr. Guli sariq, to’pgul-savatcha, savatcha atrofidagi gultojbarglari (odatda 8 ta) tilchasimon, o’rtadagilari naychasimon. Barglari … Read More

GUGO KAPET

GUGO KAPET (Hugues Capet; Capatus) (taxminan 940-996) — frantsuz qiroli (987 yildan) Kapetinglar sulolasi asoschisi. Lyudovik V Karoling vafotidan keyin qirol etib saylangan. Gugo Kapet nomigagina qirol bo’lib, uning hokimiyati … Read More

GUVER (HOOVER) GERBERT KLARK

GUVER (HOOVER) GERBERT KLARK (1874— 1964). AQShning 31-prezidenti (Respublikachilar partiyasidan; 1929— 33). 1919-23 yillarda “ara” (Amerika yordam ma’muriyati) rahbari. 1921-28 yillarda savdo vaziri.

GUVASHT

GUVASHT, Gavasht (forscha) — O’n ikki maqom tizimidagi olti ovozaning biri. Guvashtlar maqomlarning mashhur turlaridan bo’lib, o’tmish musiqa risolalari mualliflarining yozishicha, ikki maqom tovush qatorining turli qismlaridan hosil etilgan.

GUVALA

GUVALA, Guvalak — pishitilgan loydan tayyorlangan va quritilgan dumaloq yoki yalpoq shaklli qurilish materiali. Asosan, devorlarni tiklash va sinchli uylarni qurishda ishlatiladi.

GUBKIN

GUBKIN — Rossiya Federatsiyasi Belgorod viloyatidagi shahar (1955 yildan). Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 80 ming kishi (1995). Temir rudasi qazib olinadi. Ruda boyitish kombinati, quruq mineral bo’yoqlar zavodi bor. Shahar … Read More

GUBERNATOR

GUBERNATOR (lotincha gubernator — hokim) — 1) hoz. bir necha davlatlarda (RF, AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya va boshqalar) shtat, viloyat, graflik ma’muriyatining boshlig’i; 2) Rossiyada 1917 yilga qadar gubernada oliy … Read More