GO’RXONA
GO’RXONA — maqbara tagidagi o’lik ko’mish uchun mo’ljallangan maxsus xona, yerto’la, Sardoba. Amir Temur maqbarasi, Bibixonim maqbarasi, Shohizinda ansamblidagi ko’pgina maqbaralar tagida yerto’la Go’rxonasi bo’lgan.

GUARANI, gvarani — Paragvay pul birligi. 1943 yilda peso o’rniga chiqarilgan. Xalqaro ifodasi rus 1 Guarani = 100 santimo. Valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 1913,7 Guarani (1994).
GUARANI — 1) tupi-guarani guruhiga mansub indeys xalqlarining Janubiy tarmog’i. 2) Paragvaydagi indeys xalqlaridan biri. 30 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Guaranilar hozirgi paragvayliklarning shakllanishida qatnashmoqdalar. Guarani tilida so’zlashadilar. Dindorlari katoliklar.
GRUNTSHUNOSLIK – gruntlarni ular ustiga turli inshootlar qurish imkoniyati nuqtai nazaridan o’rganadigan muhandislik geologiyasinnng bir sohasi.
XANOY UNIVERSITETI – Vetnamdagi yirik oliy o’quv yurtlaridan biri. 1918 yil Xanoy shahrida tashkil etilgan. 1956 yil qayta tuzilgan. Ijtimoiy fanlar, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix, geologiya va geografiya, Vetnam … Read More