JIRO
JIRO (italyancha giro — muomala, o’tkazma), jirocheklar — mijozning o’z hisob varag’idan muayyan pul miqdorini boshqa bir shaxs hisobvarag’iga o’tkazish to’g’risida bankka bergan yozma buyrug’i.

JIRO (italyancha giro — muomala, o’tkazma), jirocheklar — mijozning o’z hisob varag’idan muayyan pul miqdorini boshqa bir shaxs hisobvarag’iga o’tkazish to’g’risida bankka bergan yozma buyrug’i.
JIR, yir — bir qancha turkey xalqlarda qo’shiq, she’r ma’nosini anglatuvchi tushuncha. Tatarlarda umuman xalq qo’shiqlari, qozoq va qoraqalpoqlarda syujet asosiga qurilgan xalq she’riyati, ko’proq dostonlar Jir deb ataladi.
JINS (geologiyada) — muayyan belgi va xossalarga ega bo’lgan struktura, modda (Masalan, tog’ jinslari).
JILLAVZA — qadimgi og’irlik o’lchovi; bunduka og’irligiga teng: 1J=1 bunduka = 4,25 gramm.