EKS…

EKS… (lotincha ex — …dan tashqari) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; 1) chiqish, ajralish, tashqariga chiqarish ma’nolarini anglatadi (masalan, eksgumasiya); 2) avvalgi, sobiq ma’nosini (masalan, eksprezident, ekschempion) bildiradi.

EKIPAJ

EKIPAJ (Fransuzcha) 1) odamlarni tashuvchi ot qo’shilgan yengil arava; Faeton; 2) kema, kosmik kema, samolyot, tankning shaxsiy tarkibi; 3) ba’zi davlatlar harbiy dengiz flotidagi sohil harbiy qismi. Kelayotgan madad kuchlarini … Read More

EKZO …

EKZO … (Yunoncha Exo — tashqi, tashqaridan) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; tashqi, sirtqi, tashqaridagi hamda tashqi muhit bilan aloqa kabi ma’nolarni biddiradi (masalan, ekzobiologiya, ekzogamiya).

EYNSHTEYNIY

EYNSHTEYNIY (lotincha Ktgetsht, A. Eynshteyn nomiga qo’yilgan), — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub sun’iy usulda olingan radioaktiv kimyoviy element. Aktinoidlarga kiradi. Tartib raqami 99. 1952 yilda Amerika olimlari kashf … Read More

EGRILIK

EGRILIK — (matematikada) egri chiziq (sirt) ning biror M nuqta atrofida to’g’ri chiziq (tekislik) dan og’ishini ifodalovchi kattalik. Egrilik tushunchasi tabiati kengroq ob’yektlarga umumlashtiriladi.

EGOIZM

EGOIZM (lotincha — men) — o’z foydasi, manfaatini ko’zlovchi hatti-harakat, o’z manfaatini boshqa kishilar manfaatidan ustun qo’yish. Egoizmning aksi — altruizm.

EVTEKTOID

EVTEKTOID (evtektika va Yunoncha emok — tur) — qattiq eritma (masalan, po’lat, bronza) sovitilganda hosil bo’ladigan suyuq sistema; evtektika. Holat diagrammasida qattiq eritmaning undan ajraladigan fazalari (masalan, po’latdagi perlit) bilan … Read More