ARRENOTOKIYA

ARRENOTOKIYA — urug’lanmagan tuxumlardan faqat erkak hayvonlar chiqishi. Arrenotokiya asalarida yaxshi o’rganilgan. Ona asalari urug’langan va urug’lanmagan tuxum qo’yadi. Urug’langan tuxumlardan urg’ochi (ona va ishchi) arilar, urug’lanmagan tuxumlardan erkak arilar … Read More

ARRENOBLASTOMA

ARRENOBLASTOMA, maskulinoma (Yunoncha arren — erkakka xos va blastos — o’simta) — tuxumdon o’smasi; bunda ayollarga xos belgilar yo’qolib, erkaklarga xos belgilar yuzaga chiqadi. O’rta yoshdagi ayollarda uchraydi. Amenoreya, sut … Read More

ARRENIUS TENGLAMASI

ARRENIUS TENGLAMASI – kimyoviy reaktsiya tezligi konstantasi k ning temperaturaga bog’liqligi ifodasi: T: k = A exr (—EJRT), EA— aktivasiya energiyasi; R — gaz doimiysi. S. Arrenius tavsiya etgan (1889).

ARRENIUS

ARRENIUS (Arrhenius) Svante Avgust (1859 — 1927)— shved olimi, fizik-kimyoning asoschilaridan biri. Peterburg Fanlar Akademiyasi xorijiy muxbir a’zosi (1903). Elektrolitik dissosiasiya nazariyasini ishlab chiqqan (1887). Asarlari kimyoviy kinetika (Arrenius tenglamasi), … Read More

ARRATUMSHUQ BALIQLAR

ARRATUMSHUQ BALIQLAR (Pristidae) — skatlar turkumi oilasi. Uzunligi 6 metrgacha, og’irligi 2400 kilogrammgacha. Tanasi yassi, ko’krak suzgichlarining chetlari boshi bilan qo’shilib ketgan, jabra yoriqlari boshining ostki tomonida. Uzun tumshuqqa aylangan … Read More

ARRAKASHLAR

ARRAKASHLAR — o’troq qorinli pardaqanotlilar kenja turkumi bir necha oilalarining umumiy nomi. Urg’ochisi arraga o’xshash tuxum qo’ygichi yordamida o’simlik bargi, poyasi va organlariga tuxum qo’yadi. Lichinkalarining tuzilishi va hayot kechirish … Read More

ARRAGUL

ARRAGUL — 1) arrasimon shaklli o’yma naqsh, o’zbek o’ymakorligida keng qo’llaniladi; 2) sopol idishlarga ishlanadigan bezak-gulning nomi, ba’zan parragul deb ham ataladi. Kosa va laganlarga Arragul har xil ranglar bilan … Read More

ARRABURUN AKULALAR

ARRABURUN AKULALAR (Pristiop horidae) — akulalar turkumi oilasi. Uzunligi 1,5 metrgacha, tanasi tsilindrsimon, cho’ziq. Tumshug’i uzun va yassi qilichsimon, yon tomondan yirik tishlar bilan qurollangan. Tumshug’i o’rtasidagi ikkita uzun mo’ylovlari … Read More

ARRA NUSXA

ARRA NUSXA, arracha – o’zbek badiiy kashtachiligida qo’llaniladigan bezak. Asosan, lozim jiyaklariga yo’rma usulida tikiladi.

ARRA

ARRA — yog’och, metall, tosh, suyak, shox, sadaf va boshqalarni kesish va qirqish uchun ishlatiladigan qirra tishli asbob. Po’lat plastinka va disksimon qilib yasaladi. Turlari: bir kishi ishlatadigan Arra — … Read More