To’ldirmoq (butlamoq)
To’ldirmoq (butlamoq) – 1) to’ldirish, to’plamni butlamoq; 2) to’plamga biror narsa yetkazib bermoq, biror narsa to’plamini yasamoq.

To’ldirmoq (butlamoq) – 1) to’ldirish, to’plamni butlamoq; 2) to’plamga biror narsa yetkazib bermoq, biror narsa to’plamini yasamoq.
To’ldirilmagan (suv bostirilmagan) – suv bosmagan.
To’ldirish (sepish) – atrofga, biror narsa yuzasiga sepish. Masalan: grunt bilan to’ldirish, beton bilan to’ldirish, shag’al toshlar bilan to’ldirish, eshik o’rinlarini to’ldirish, tirqishni to’ldirish, sinch oralarini to’ldirish va hokazolar.
To’liq yig’iluvchan qurilish – bino va inshootlarni yuqori darajada zavod tayyorligidagi yirik elementlardan tiklash.
To’g’ri chiziq – yevklid geometriyasining asosiy tushunchalardan biri. Masalan: yordamchi to’g’ri chiziq, yotiq to’g’ri chiziq.
To’g’ri o’tuvchi mixcho’p – uzunligi mahkamlanadigan elementlarning qalinligiga teng yoki undan oshuvchi mixcho’p.
To’g’ri to’rtburchakli – barcha burchaklari to’g’ri bo’lgan to’rtburchak (90 gradusga teng). Masalan: cho’ziq to’g’ri to’rtburchak.
To’g’ri burchakli – to’g’ri burchakka ega bo’lish.
To’g’ri (bexato) – qoidalar, me’yorlar, belgilangan tartibdan chetga chiqmaslik.
To’g’irlash – biror narsani boshqasiga to’g’rilash, qirralari bilan tekislab qo’yish, tekislagan holda qo’yish, to’g’irlash. Masalan: zo’riqishlarni to’g’rilash, qiyalikni to’g’rilash va hokazolar.