Quyqim
Quyqim – erigan qattiq tuzlar bilan suvni isitish (qaynatish, bug’lanish) da sodir bo’ladigan issiqlik almashtirgichlar sirtlarida hosil bo’lgan qattiq cho’kindilar.
Quyqim – erigan qattiq tuzlar bilan suvni isitish (qaynatish, bug’lanish) da sodir bo’ladigan issiqlik almashtirgichlar sirtlarida hosil bo’lgan qattiq cho’kindilar.
Quyqa oqizgich – pulpa, quyqa aralashmasi yoki quyma materiallarni suv bilan birga oqizish uchun quvur tarmog’i. Masalan: so’ruvchi quyqa oqizgich, tindirgichning quyqa oqizgichi va hokazolar.
Quyqa (oqim) – 1) to’planish, biror narsaning ko’p miqdorda paydo bo’lishi; 2) asosiy metall yuzasiga metall oqishi ko’rinishidagi nuqson.
Quyqa (cho’kindi) – cho’kindi, quyqa.
Quyish (qoliplash) – turli sohalarda mujassamlangan qoliplarni tayyorlash, shakllantirishning texnologik jarayoni. Masalan: qaynoq holatda quyish, g’isht quyish, ho’l holatda quyish, uzluksiz qoliplash, panellarni qoliplash va hokazolar.
Quyish (quyma) – biror narsaning (shakl, idish, bo’shliq) suyuq birikma holatida bo’lgan material bilan to’ldirish. Masalan: toshga quyish, andozali, shakldor qilib quyish va hokazolar.
Quyilmoq (oqib kirmoq, sizib to’planmoq) – to’planish, pastga oqish yoki biror joyga sizib chiqish.
Quyilma (mablag’ ma’nosida) – 1) qurilish sohasida ob’yekt qurilishiga kiritilgan mablag’lar; 2) ba’zi matematik tuzilmaning bir nusxasidan bir xil turdagi ikkinchi nusxasini yoritishning maxsus turi. Masalan: qurilishga sarflanadigan sarmoya mablag’i.
Quyilish (oqib kirish, sizib to’planish) – umumiy yoki qisman bosim farqi ta’sirida muhrlangan mahsulotga sizib o’tish orqali moddaning kirib borishi.
Quyoshli – 1) quyosh, energiyasidan foydalanishga asoslangan; 2) quyoshning yorqin nuri bilan to’ldirilgan.