ERUDISIYA
ERUDISIYA (lotincha — bilimdonlik) — chuqur, har tomonlama bilish, keng xabardor bo’lish; aql-zakovat.

ERUDISIYA (lotincha — bilimdonlik) — chuqur, har tomonlama bilish, keng xabardor bo’lish; aql-zakovat.
ERSTED — SGSM birliklar tizimidagi magnit maydon kuchlanganligi birligi. Ersted bilan ifodalanadi. X.K. Ersted sharafiga qo’yilgan. 1 E vakuumdagi magnit induktsiyasi 1 Gauss (Gs) bo’lgan magnit maydon kuchlanganligiga teng.
ERKIN HAD, ozod had —kanonik ko’rinishga keltirilgan tenglamaning noma’lumlar (o’zgaruvchilar) qatnashmagan hadi.
ERKIN ENERGIYA — termodinamik tizimning holatini ifodalovchi termodinamik potentsiallardan biri.
ERKIN BOZOR — narxlar biron bir tashqi omillar ta’siriga bog’liq bo’lmagan holda faqat talab va taklifga ko’ra shakllanadigan bozor.