TOLEDO MANRIKE ALEXANDRO

TOLEDO MANRIKE ALEXANDRO (1946.28.3, Kabenyadeankash shaharchasi) — Peru davlat arbobi. Stanford universiteti (AQSh)ni tugatgan. Garvard universiteti (AQSh) da ilmiy tadqiqot bilan shug’ullangan, jahon bankida maslahatchi bo’lib ishlagan. “Peruning kelajagi uchun” … Read More

TOLDIQ

TOLDIQ — olay tizmasining Sharqiy qismidagi dovon (Qirgizistonda), olay vodiysi bilan Gulcha daryosining boshlanish joyida. Balandligi 3615 metr. Toldiq dovoni orqali O’sh — Xorug’ avtomobil yo’li o’tadi.

TOLA

TOLA — 1) yigirish, gazlama to’qish va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan ingichka, pishiq tabiiy yoki sun’iy ashyo; 2) turli elektr qurilmalarning qilsimon ingichka tok o’tkazuvchi qismi (masalan, elektr lampaning cho’g’lanma … Read More

TOKSIKOZ

TOKSIKOZ (Yunoncha toxikon — zahar) — organizmga ekzogen toksinlar (mas., mikrob toksinlari) yoki zararli endogen moddalar (masalan, homiladorlik toksikozlari, tireotoksikozda) ta’sirida ro’y beradigan kasallik holati.

TOYON

TOYON — 17-asrda saxalar (yakutlar) da kabila boshlig’i unvoni. Sibir Rossiya tarkibiga kiritilgach, Toyonlar rus ma’muriyatining tayanchiga aylangan. 19-asrning 2-yarmida Toyondan milliy savdo sarmoyadorlari shakllangan.

TOVAR AYLANMASI

TOVAR AYLANMASI 1) tovarning muomala sohasida pulga ayirboshlanish va ishlab chiqarish.dan iste’molga utishi bilan bog’liq harakati; 2) muayyan davr davomida sotilgan va sotib olingan tovarlarning pul ifodasidagi hajmi.

TOBE’INLAR

TOBE’INLAR (Arabcha — karam, izdosh) — Islom tarixida sahobalardan keyin ularning ishini davom ettirgan ilohiyotchilar qatlami. Tobe’inlardan keying davrdagi ilohiyotchilar Tobe’inlarning tobe’inlari deb atalgan.

TIRSAK

TIRSAK — qadimgi uzunlik o’lchov birligi. Uzatilgan qo’l barmoqlarining uchidan tirsagigacha bo’lgan masofa. Tirsak kichkina (taxminan 0,5 metr) va katta, ya’ni shoh Tirsak (taxminan 81,28 santimetr) larga bo’lingan.