TESKARI SON
TESKARI SON — berilgan son bilan ko’paytmasi 1 ga teng son. Masalan, 2 ga teskari son 4; 4 ga teskari son t; -4 ga teskari son 4 va hokazolar.

TESKARI SON — berilgan son bilan ko’paytmasi 1 ga teng son. Masalan, 2 ga teskari son 4; 4 ga teskari son t; -4 ga teskari son 4 va hokazolar.
TESKARI PROPORTSIONAL MIQDORLAR — ikki miqdor orasidagi eng sodda bog’lanishlardan biri. Bunda bir mikdor necha marta ortsa (kamaysa), ikkinchi miqdor shuncha kamayadi (ortadi).
TERSIYA (matbaada) bosmaxona shrifti. O’lchami (kegli) 16 punkt (6,02 millimetr) ga teng. Kitoblar, jurnallar, gazetalarda sarlavhalarni, muqovalar va titul varaqlarda nashr nomini terish uchun ishlatiladi.
TERS AYVON — uyning soya (shimol) tomoniga, quyoshga teskari qurilgan ayvon. Asosan, Xorazm xalq turar joy me’morligida keng tarqalgan.
TERRIGEN YOTQIZIQLAR (lotincha terra — yer, …gen) — quruqlikdagi chaqiq jinslar va mineral donachalarining dengiz, Laguna va ko’l tublariga shamol, daryo va boshqa vositalar orqali keltirilib, to’planishidan hosil bo’lgan qatlam.
TERMOFIL O’SIMLIKLAR (termo… va Yunoncha phileo — sevaman) — issiqsevar, past harorat (Q1 ° -6°)da o’sa olmaydigan o’simliklar. Termofil o’simliklarga issiq mamlakatlarda tarqalgan sholi, bodring, g’o’za va boshqalar kiradi.
TERMODINAMIK TIZIM – o’zaro ta’sirlashayotgan va energiya almashayotgan issiklik harakatidagi ko’p sondagi zarralar — atom va molekulalardan tashkil topgan fizik tizim. Ixtiyoriy issiqlik mashinasi. Termodinamik tizimga misol bo’la oladi. Termodinamik … Read More