DEGREZTEPA

DEGREZTEPA — shahar xarobasi (1 — 5-8-asrlar). Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Degrez suv omborining Janubi-g’arbida. To’g’ri to’rtburchak tarxli. Maydoni 6 gektardan ortiq. Mudofaa devorlarining qoldiqlari tepaliklar (eni 10 metr, bo’yi … Read More

DEGREZLIK

DEGREZLIK, cho’yangarlik — 1) cho’yan eritib, undan turli buyumlar quyish kasbi. O’zbekiston hududida qadimdan cho’yandan urush qurollari, hunarmandlik, qishloq xo’jalik va ro’zg’or buyumlari (masalan, qozon) yasalgan. Cho’yan buyumlar zaxda zanglab, … Read More

DEGIDROGENLASH

DEGIDROGENLASH (de… va gidrogenlash) — organik birikmalardan katalizator ishtirokida vodorod ajratib olish reaktsiyasi. Elektron almashinish bilan sodir bo’ladigan oksidlanish qaytarilish jarayonlariga kiradi. Gidrogenlash uchun yaroqli katalizatorlarning ko’pi Degidrogenlash uchun ham … Read More

DEGIDRATOR

DEGIDRATOR — neft emulsiyasi tarkibidagi suvni ajratuvchi asbob. Bu ishni yuqori chastota va yuqori kuchlanishli elektr maydoni ta’sirida amalga oshiriladi. Degidrator metall korpusdan iborat bo’lib, ichida elektrod o’rnatilgan ebonite izolyator … Read More

DEGIDRATLANISH

DEGIDRATLANISH (de… va gidratlanish) — anorganik yoki organik moddalardan suv ajralishi. 1) kimyoda — Degidratlanish termik jarayonda ko’pincha katalizatorlar (kontsentrlangan sulfat, fosfat kislotalar, alyuminiy-oksid va boshqalar) ishtirokida sodir bo’ladi. Efirlar, … Read More

DEGERES QO’YI

DEGERES QO’YI — yarim mayin, uzun junli go’shtdor-jundor qo’y zoti. Olmaota viloyati (Qozog’iston)dagi “Degeres” ot zavodida Shropshir, perekos zotlari qo’chqorlarini dumbali jaydari sovliqlar bilan chatishtirib etishtirilgan (akademik V. A. Balmont, … Read More

DEGENERATSIYA

DEGENERATSIYA (lotincha degenero — buzilaman) — o’simlik, hayvon organizmidagi biror xil biologik belgi va xususiyatning irsiy kasalliklar yoki yashash sharoitining ogirlashib qolishi tufayli buzilishi, yomonlashib aynib qolishi. Ba’zi organ va … Read More

DEGELMINTIZATSIYA

DEGELMINTIZATSIYA (de… va gelmintlar) — gelmintlarni barcha rivojlanish fazalarida yo’qotishga qaratilgan davolash-profilaktika tadbirlari majmui. Gelmintlar yuqqan o’simliklar va hayvonlar, chorvachilik binolari va asbob-anjomlari, dalalarga o’g’it sifatida solinadigan go’ng, yaylovlar, podalar … Read More

DEGGARON MASJIDI

DEGGARON MASJIDI — Buxoro viloyati Hazora qishlog’idagi me’moriy yodgorlik. 8-9-asrlarda qurilgan bino o’rniga 11-asrda bunyod etilgan. Keyinchalik Degrez (cho’yangar) ustalarning mahalla guzarida joylashgani uchun Deggaron masjidi deb nomlangan. Tashki ko’rinishi … Read More