DUALIZM

DUALIZM (lotincha dualis — ikki yoqlama) — bir-biri bilan birlashtirib bo’lmaydigan holatlar, tamoyillar, fikrlash tarzi, dunyoqarash, intilish va gnoseologik tamoyillar yonma-yon mavjudligini targib qiluvchi ta’limot. Dualizm plyuralizm ko’rinishlaridan biri. Dualizm … Read More

DUALA

DUALA — Kamerun g’arbidagi shahar, Vuri daryosi bo’yida, Gvineya qo’ltig’idan 21 kilometr ichkarida. Sohilbo’yi provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 884 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Muhim savdo, sanoat, siyosiy va madaniy markaz. … Read More

DUAYEN

DUAYEN (Fransuzcha doyen — Sardor, boshchi) — diplomatik korpus boshchisi, o’zi ishlayotgan mamlakatdagi hamkasblari orasida diplomatik darajasi katta va avvalroq akkreditasiya qilingan diplomatik vakil.

DRUZLAR

DRUZLAR (Arabcha duruz) — shialikda vujudga kelgan firqa (diniy guruh). Asosan Livanda va Suriyada yashaydilar. Ularning karashlari ismoiliylar qarashlariga yaqin. Firqaning paydo bo’lishi 10-11-asrlarda fotimiylar sulolasidan bo’lgan xalifa Hakim nomi … Read More

DRUZA

DRUZA (nemischa Druse) — kristallar guruhidan iborat minerallar shakli, bunda kristallar bir uchi bilan umumiy asosga (ochilib qolgan yoriq yoki bo’shliq devoriga) taqalib o’sadi. Ularning erkin qolgan ikkinchi uchi tog’jinslari … Read More

DROMEDAR

DROMEDAR (Camelus dromedarius), bir o’rkachli tuya — tuyaning bir turi. O’rkachining bittaligi bilan Baqtriya tuyasidan farq qiladi. Jussasi ikki o’rkachli to’yalarga qaraganda kichikroq. Bo’yi 210 santimetrga boradi, rangi qizg’ish-kulrang. Bo’g’ozlik … Read More

DROK

DROK (Genista) — burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasiga mansub buta va chala butalar turkumi. Bo’yi 1 metrcha, bargi oddiy, ba’zan uch bo’lakli, guli zigomorf, sariq, ba’zan oqimtir. Ko’pincha tikanli, 70 turi bor. … Read More

DROZOFILASIMONLILAR

DROZOFILASIMONLILAR, meva pashshalari (Drosophilidae) — hasharotlar oilasi. Mayda sariq yoki qo’ng’ir rangli, tanasi 1-5 millimetr. Qanotlari yaltiroq, ko’zlari qizil. Lichinkalari organik qoldiqlarga boy muhitda yashab, asosan shu muhitdagi achitqilar va … Read More

DROZDOVA GALINA VLADIMIROVNA

DROZDOVA GALINA VLADIMIROVNA (1955.13.1, Toshkent) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1988). 1976 yildan Toshkent shahridagi 3-kechki, 151-maktabda rus tili va adabiyoti o’qituvchisi, 1979 yildan O’zbekiston … Read More

DROGOBICH

DROGOBICH — Ukrainaning Lvov viloyatidagi shahar. Tismenisa daryosi bo’yida, Karpat tog’lari etagida. Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Aholisi 79 mingdan ziyod kishi (1990- yillar o’rtalari). Neftni qayta ishlash, mashinasozlik … Read More