DAHRIYLIK

DAHRIYLIK (Arab, dahr — vaqt, taqdir, falak) — Islom paydo bo’lmasdan ilgari Arab jamiyatida keng tarqalgan aqida. “O’lim”, “Taqdir”, “Ajalning yetishi” ma’nolarini anglatgan bu aqidaga ko’ra, insonning taqdiri oldindan belgilab … Read More

DAHO

DAHO (Arabcha) — favqulodda kuchli aql, xotira va ijodiy iste’dod; bilim saviyasi, dunyoqarashiga ko’ra o’z davri darajasidan ilgari ketgan shaxs. Daholar fan-texnika, madaniyat, xususan badiiy ijodiyot sohasida muayyan millat, davlat … Read More

DAHLIZ

DAHLIZ — me’morlikda turar joy va mehmonxonalarga tutash qurilgan qo’shimcha xona. Asosan, 3,5 metrli, bolor (to’sin)li kichik xona bo’lib, ko’pincha, bir xona yoniga yoki ikki xona o’rtasiga kuriladi, shu xonalarga … Read More

DAHLAR

DAHLAR, daylar — qadimda hozirgi Turkmanistonning Janubiy, shuningdek, O’zbekistonning bir qismida yashagan qabilalar. Dahlar dastlab Kserksning miloddan avvalgi 486-480 yillarga oid bitigida qayd etilgan. Tarixchi Berosnnyat yozishicha, Kir II Oksus … Read More

DAHKAT

DAHKAT, Dukenttepa — o’rta asr shahar xarobasi (6-16-asrlar). Ohangaron daryosi irmog’i Dukentsoyning o’ng qirg’og’ida, Angren shahridan taxminan 8 kilometr shimoldagi Dukent qishlog’ida joylashgan. Dahkat oltin va kumush konlariga boriladigan yo’l … Read More

DAHISTON MADANIYATI

DAHISTON MADANIYATI, arxaik Dahiston madaniyati — O’rta Osiyoning Janubi-g’arbida, Kaspiy dengizi bo’ylarida qadimda mavjud bo’lgan arxeologik madaniyat (miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillikning 1-choragi oxiri). Hozirgi Astrobod (Eron) … Read More

DAHBEDI

DAHBEDI — qovunning ertapishar navi. Shakli tuxumsimon, dum tomoni to’mtoq, uzunligi 15-25 santimetr, og’irligi 1,7—3 kilogramm. Sirti tekis, serto’r. Tusi och yashil. Po’stining qalinligi o’rtacha. Etining qalinligi 3,5—4,5 santimetr, och … Read More

DAHBED

DAHBED — Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi shaharcha (1978 yildan). Dahbed Miyonqolning sharqida, Oqdaryoning chap sohilida joylashgan. Dahbed nomi forscha dax — o’n, bed — toldan deb talqin qilinadi. Dahbed yaqin … Read More

DAHANDAM

DAHANDAM, pudagich (forscha) — puflab dam beradigan naysimon asbob. Ikki xil bo’ladi: 1) to’g’ri Dahandam bilan ko’ra (o’choq) alangasi yirikroq bezak buyumlariga, minerallarga puflanadi; 2) egri Dahandam bilan (bir tomoni … Read More

DAHANASOY

DAHANASOY (yuqori oqimida Shogan, Arikli, Bosmandisoy, o’rta oqimida Yangiariq, Mozorsoy, Shirinsoy) — Tojikiston Respublikasi O’ratepa tumanidagi soy, Sirdaryontsng chap irmog’i. Turkiston tizma tog’ining shimol yon bag’irlaridan boshlanadi. Uzunligi 108 kilometr, … Read More