Suv o’tkazish tarmog’i
Suv o’tkazish tarmog’i – mahalliy iste’molchilarga suv yetkazish uchun quvuro’tkazgichlar va qurilmalar yig’indisi.

Suv o’tkazish tarmog’i – mahalliy iste’molchilarga suv yetkazish uchun quvuro’tkazgichlar va qurilmalar yig’indisi.
Suv to’plagich – yomg’ir suvlarini yig’uvchi qurilma.
Suv tashlash (suv tashlovchi inshoot) – gidrotexnik inshootdagi teshiklar (quvurlar) ko’rinishidagi chuqur suv o’tkazgich yoki rezervuarni bo’shatish, yuqori oqimda cho’kilgan tuv cho’kindilarni yuvish va quyi oqimga suv o’tkazish (to’kish) uchun … Read More
Suv tayyorlanishi – bug’ va suv isituvchi qozonlar yoki turli texnologik jarayonlarni yaroqli, suv bilan ta’minlash uchun suvga ishlov berish (temirsizlantirish, tuzsizlantirish, chuchuklashtirish va hokazolar) jarayoni.
Suv olish – muayyan suv havzasi yoki suv manbaidan qurilish maqsadlarida suv olish. Masalan: bosimsiz suv olish.
Suv olgich – suv oqimi, suv havzasi yoki qo’shni hududdan drenaj tizimi tomonidan to’plangan suvni qabul qiladigan va chiqaradigan bo’shliq. Masalan: minorali suv olgich, qirg’oq suv olgichi va hokazolar.
Suv oqimini chiqarib tashlash – suv omboridan ortiqcha (toshqin) suvni chiqarish, shuningdek, foydali suvning quyi oqimga o’tishi uchun mo’ljallangan gidrotexnik inshoot.
Suv o’lchagich – suv ta’minoti tizimidan oqib o’tadigan suv hajmini o’lchaydigan va qayd etadigan qurilma.
Suv o’tkazmaydigan – o’lchov tizimi-metr yoki paskalda o’lchanadigan materialning xarakteristikasi va gisrostatik bosimning qaysi qiymatlarida material suvni o’z-o’zidan singdirmaslik yoki o’tkazmaslik xususiyatini yo’qotishini ko’rsatadi.
Suv o’tkazgich (suv o’tkazmasi) – 1) tabiiy manbalardan suv olish, uni tozalash, turli iste’molchilarga zarur miqdorda va talab etilgan sifatida yetkazish uchun muhandisiy inshootlar va qurilmalar majmuasi; 2) tonnel, kanal, … Read More