BISKAY QO’LTIG’I

BISKAY QO’LTIG’I — Atlantika okeanidagi qo’ltiq. Yevropaning g’arbiy sohilida. Ispaniyaning shimol va Frantsiyaning g’arbiy qirgoqlari oralig’ida. Maydoni 200 ming kilometr kvadrat. O’rtacha chuqurligi 1715 metr, eng chuqur joyi 5100 metr. … Read More

BISAU

BISAU (Bissau), Bissau — Gvineya Bisau Respublikasi poytaxti. Bisau Muxtor sektorining ma’muriy markazi. Aholisi 197,7 ming kishi (1996). Atlantika okeani sohilidagi port; xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor. Mamlakatning 60% ga … Read More

BIRHAD

BIRHAD — har biri biror musbat daraja bilan olingan sonlar yoki harflarning ikkitasi yoki bir nechtasining ko’paytmasidan iborat butun algebraik ifoda.

BIRUNIT

BIRUNIT — mineral. Kimyoviy tarkibi 8,5 CaSiO38,5 CaCO3CaSO415H2O. Taumasit minerali sirtida yupqa (2-3 millimetr) qatlamli oq, tolasimon kristallar holida uchraydi. Qattiqligi 2, sof og’irligi 2,3. 1957 yilda O’zbekistonning Qoramozor tog’laridagi … Read More

BIRRANGA TOG’LARI

BIRRANGA TOG’LARI — Taymir yarim orolining shim. qismidagi tog’lar. Krasnoyarsk o’lkasidagi Taymir (Dolganneneslar) Muxtor okrugida. Uzunligi qariyb 1100 kilometr. Eng baland joyi dengiz sathidan 1146 metr. Birranga tog’lari chuqur vodiylar … Read More

BIRONSOY RASMLARI

BIRONSOY RASMLARI — Nurota tog’lari tarmog’i (Qoratog’) dagi Bironsoy darasi qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar; daraning ikki tomoni bo’ylab 2,5—3 kilometr masofaga cho’zilgan. 1967 yilda akademik Ya. G’ulomov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiya (J. … Read More

BIRODARLASHGAN SHAHARLAR

BIRODARLASHGAN SHAHARLAR — turli davlatlarning doimiy do’stona aloqalar o’rnatgan shaharlari. Ular birodarlashgan shaharlar jahon federatsiyasiga birlashgan. 1963 yildan boshlab har yili aprel oyining oxirgi yakshanba kuni Jahon birodarlashgan shaharlar kuni … Read More

BIROBIJAN

BIROBIJAN — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1937 yildan), yahudiylar Muxtor viloyatining markazi. Amur daryosining Bira irmog’i sohilida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 86,7 ming kishi (1992). Asosan yengil (tikuvchilik, trikotaj, poyabzal va … Read More

BIRMINGEM

BIRMINGEM (Birmingham) Buyuk Britaniyadagi shahar. Uestmidlends metropoliten grafligining ma’muriy markazi (Markaziy Angliya). Aholisi 2,3 million kishi (1992, shahar atrofi bilan). Birmingem birinchi marta 11-asrga oid tarixiy manbalarda tilga olingan. 13-asrda … Read More

BIRMA TILI

BIRMA TILI — Xitoy-Tibet til oilasiga mansub Tibet-birma tillar guruhiga kiradi. Myanma davlatining rasmiy tili. Bu tilda 30 milliondan ortiq kishi gaplashadi. To’rt — shimol, Markaziy, tavoy va Arakan lahjalariga … Read More