BINOKOR
BINOKOR — bino, inshoot quruvchi usta, ishchi. Bino va inshootlarni loyihalovchi me’mor, qurilish muhandisi va texnigi, montajchi (qurilishda), umuman qurilishda ishlaydigan mutaxassis ham Binokor hisoblanadi.

BINOKOR — bino, inshoot quruvchi usta, ishchi. Bino va inshootlarni loyihalovchi me’mor, qurilish muhandisi va texnigi, montajchi (qurilishda), umuman qurilishda ishlaydigan mutaxassis ham Binokor hisoblanadi.
BINNIG (Binnig) Gerd (1947) nemis fizigi. Ilmiy ishlari past temperaturalarga, sirtqi hodisalarga oid. Nobel mukofoti laureata (rastrli tunnel mikroskopini yaratgani uchun, 1986, E. Rusk va G. Rorer bilan birgalikda).
BINE (BINET) ALFRED (1857.8.7, Nissa — 1911.18.10, Parij) — frantsuz psixologi, tibbiyot va huquq doktori (Parij universiteti). Bine Frantsiyada ochilgan birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyaning asoschisi (Sorbonna, Parij). U qobiliyat, ruhiy … Read More
BINAFSHAGUL, gunafshagul bezak san’atida qo’llaniladigan islimiy naqsh. Naqqoshlik, kashtado’zlik, kulollik va boshqalarda keng ishlatiladi. Masalan, kulollikda (Toshkentda ko’proq lagan o’rtasiga, Rishton, G’ijduvonda islimiy gullar orasiga) qalami uslubida chizilib, shu usulda … Read More
BINAURAL EFFEKT (bi… va lotincha Auris — quloq) — tovush qabul qilish a’zosi (quloq) orqali odam yoki hayvonlarning tovush chnqqan tomonni aniqlay olish qobiliyati. Tovush manbaga yaqin tomondagi quloqqa tezroq … Read More
BINAR NOMENKLATURA (lotincha binarius — qo’sh) — o’simlik yoki hayvonning qo’sh nom — turkum (hayvonlarda urug’) va tur nomi bilan atalishi. Lotin tilida o’simlik va hayvonlarni qo’sh nom (Binar nomenklatura) … Read More